![](https://ferghana.uz/uploads/sdfsdfsdfsdfsdfsdafsfdasdf.jpg)
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
![](https://ferghana.uz/images/img/flag-gerb.gif)
.
.
Saytni baholash
VILOYAT HOKIMI FARG’ONA SHAHRIDA YANGI AMALGA OSHIRILGAN VA YAQIN ISTIQBOLDA REJALASHTIRILAYOTGAN INVESTITSIYAVIY LOYIHALAR BILAN TANISHDI
![](https://ferghana.uz/uploads/bot/cd57e079645ea2fc25ccd.jpg)
2024-08-16 10:47:47 990
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov kecha viloyat sektorlari rahbarlari hamrohligida Farg’ona shahrida iqtisodiy–ijtimoiy sohalarda yangi amalga oshirilgan hamda yaqin istiqbolda rejalashtirilayotgan investitsiyaviy loyihalar bilan tanishdi.
Dastlab “Guliston” MFY hududida joylashgan “Diamond décor group” MChJ faoliyati o’rganildi. Qurilish mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ushbu korxona 2019 yili tashkil etilgan bo’lib, loyiha doirasida 2 million dollar sarmoya kiritilgan. Yillik ishlab chiqarish quvvati 3 million kv. metr, tovar aylanmasi 6 million dollarni tashkil qiladi. Korxonada dekor plastik, MDF dekor, 3D MDF panel, 3D plastik panel hamda moderna panel ishlab chiqariladi. Mahsulotlar Tojikiston, Qirg’iziston, Qozog’iston va Ozarbayjon davlatlariga eksport qilinmoqda. Korxonada 150 ta doimiy ish o’rni yaratilgan va o’rtacha ish haqi 4–4,5 million so’mni tashkil etadi.
Tadbirkor Jahongir Madrahimov yuzma–yuz uchrashuvda viloyat rahbariga mazkur loyiha doirasida amalga oshirgan ishlari bilan tanishtirib, yaqin vaqt ichida ishlab chiqarish hajmini kengaytirish hisobiga ish o’rinlari sonini 200 taga yetkazishni maqsad qilganini ma'lum qildi.
Keyingi manzilda “Tinchlik” MFY hududida joylashgan "Baqay” kichik sanoat zonasida qurilishi boshlangan loyihalar hamda yangi rejalashtirilayotgan loyihalar taqdimoti o’tkazildi. Xususan, ushbu hududda logistika markazi barpo etayotgan tadbirkor Suhrob Boboyev loyiha asosida olib borilayotgan ishlar haqida ma'lumot berdi. Loyiha qiymati 10 milliard so’m bo’lgan markaz kelgusi yili to’liq ishga tushiriladi. Logistika markazi orqali viloyatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar MDH va qo’shni davlatlarga eksport qilinadi.
Shuningdek, kichik sanoat zonasida 2024–2025 yillar mobaynida Farg’ona shahrida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar taqdimoti ham bo’lib o’tdi.
O’z navbatida “Baqay” kichik sanoat zonasida xitoylik investorlar tomonidan qurilishi boshlangan misni qayta ishlash korxonasidagi ish jarayonlari ham borib ko’rildi.
Viloyat hokimi loyiha qiymati 8 million dollar bo’lgan “Moderna ceramic industries Fergana” MChJ shaklidagi qo’shma korxona tomonidan keramik plitalar ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan ham tanishdi.
Kimyogarlar ko’chasida joylashgan loyiha qiymati 7 million dollar bo’lgan avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqarish korxonasidagi ish jarayoni o’rganildi. Bu yerda oyiga 15 mingga yaqin ehtiyot qismlar, ya'ni buferlar, kapot hamda qanot tayyorlanadi. 2021 yili ish boshlagan korxonada Xitoy texnologiyalari o’rnatilgan bo’lib, tayyor mahsulotlar Qozog’iston, Rossiya va MDH davlatlariga eksport qilinyapti. Korxonada 130 nafar mahalliy yoshlar ish bilan ta'minlangan.
“Qirguli” MFY hududida joylashgan 16 gektar maydonda 7 ta yirik loyiha joylashtirilishi hisobiga 600 ga yaqin ish o’rni yaratiladigan “Farg’ona kimyo texnoparki” tashkil etilyapti. Bu yerda jahon andozalari darajasida mahsulotlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yiladi.
“Tabassum” MFY Tinchlik ko’chasidagi tadbirkor Abdug’affor Qodirov tashabbusi bilan faoliyat boshlashi kutilayotgan yangi korxonada yil boshida qurilish boshlangan va hozirda yakuniy pardozlash ishlariga kirishilgan Bu yerda poyabzal ishlab chiqarish tsexi va qo’shimcha binolar bunyod etilmoqda. Loyiha qiymati qariyb 7 milliard so’m va zamonaviy korxonada 80 nafar mahalliy xotin–qizlar muqim ish o’rniga ega bo’ladi.
O’rganishlar davomida “Soy bo’yi” MFY hududida joylashgan “Registon” xususiy maktabida yangi o’quv yiliga tayyorgarlik jarayoni ko’zdan kechirildi. Loyiha doirasida 35 milliard so’m mablag’ jalb etilib, ta'lim muassasasi 85 foiz tayyor holatga keltirildi. Zamonaviy bilim dargohi 800 o’ringa mo’ljallangan bo’lib, 5 qavatli binoda 55 ta sinf xonasi, kutubxona, stadion, faollar zali hamda oshxona mavjud.
Maktab 2024–2025 o’quv yilidan viloyatimizda ilk faoliyatini boshlaydi va bu yerda matematika, ingliz tili, IT yo’nalishlari chuqurlashtirilib o’qitiladi.
Viloyat hokimi ta'lim muassasasida o’qituvchi va o’quvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, pedagogik jamoa faoliyati omadli va muvaffaqiyatli bo’lishiga ishonch bildirdi.
![](https://telegra.ph/file/cd57e079645ea2fc25ccd.jpg)
![](https://telegra.ph/file/3886076e52dd75872e044.jpg)
![](https://telegra.ph/file/8ac4820fea30cdead7d47.jpg)
![](https://telegra.ph/file/3c261eb82607413653e3b.jpg)
![](https://telegra.ph/file/0a0e78f65790d328d4d0e.jpg)
![](https://telegra.ph/file/57a9a28653bc374a30911.jpg)
![](https://telegra.ph/file/3e37efa802a8fb3ff4fd6.jpg)
![](https://telegra.ph/file/116ad3656704d0de7c4e1.jpg)
![](https://telegra.ph/file/d51445513ea0db16e1728.jpg)
![](https://telegra.ph/file/f155dc3c0e90b9d0496eb.jpg)
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram