![](https://ferghana.uz/uploads/sdfsdfsdfsdfsdfsdafsfdasdf.jpg)
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
![](https://ferghana.uz/images/img/flag-gerb.gif)
.
.
Saytni baholash
XITOYLIK INVESTORLAR FARG’ONA VILOYATIDAGI ISTIQBOLLI LOYIHALARGA INVESTITSIYA KIRITISHNI REJALASHTIRMOQDA
![](https://ferghana.uz/uploads/bot/65a64f5be2ba1bbad3c6c.jpg)
2024-08-16 21:15:45 1038
Bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning qurilish, energetika sohasi bo’yicha faoliyat olib boruvchi yirik kompaniyalar rahbarlaridan iborat delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda xitoylik investorlar tomonidan qurilish, energetika, issiqlik, suv ta'minoti va isitish tizimlari bo’yicha Farg’onada amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan investitsion loyihalar borasida so’z bordi.
Xitoylik ishbilarmonlar viloyat hokimiga qurilish, xususan, devor uchun yangi materiallar, elektr qurilishi, issiqlik almashinuvi stantsiyalari, suv ta'minoti, isitish tizimlari, elektr kabeli ishlab chiqarish jarayoni bo’yicha ma'lumot berdilar. Kelgusida ushbu investitsion loyihalarni Farg’onada ham hamkorlikda amalga oshirish bo’yicha takliflar bildirilsa, investitsiya kiritishga tayyor ekanliklari qayd etildi. Mazkur investitsiyalarning umumiy hajmi 80 million dollardan ortiqni tashkil etadi.
Viloyat hokimi korxonalar faoliyati aks etgan taqdimotlar bilan tanishib, ushbu yo’nalishlarda hamkorlik qilish bo’yicha tadbirkorlar biriktirilishi va loyihalar ustida birgalikda ishlashga tayyor ekanligini ma'lum qildi.
Loyihalar bo’yicha hamkorlikda ish tashkil qilishga kelishib olindi.
![](https://telegra.ph/file/65a64f5be2ba1bbad3c6c.jpg)
![](https://telegra.ph/file/54971e0670a53f0fb819a.jpg)
![](https://telegra.ph/file/923eec5acb9ba5ef97bd0.jpg)
![](https://telegra.ph/file/2e425c0dc11dd4a177cfd.jpg)
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram