
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
FARG’ONADA PROFESSIONAL BOKS KECHASI TASHKIL ETILDI

2024-08-17 09:24:24 1196
Kecha Farg’ona shahridagi Ekoshahar yangi amfiteatrida davlatimiz mustaqilligining 33 yilligi bayramiga bag’ishlangan “Farg’ona viloyati hokimi sovrini” uchun professional boks kechasi bo’lib o’tdi.
Viloyat hokimligi, O’zbekiston professional boks federatsiyasi, viloyat sport boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan turnirda mamlakatimizning kuchli bokschilari bilan birga Qozog’iston hamda Tojikistondan kelgan charm qo’lqop ustalari g’oliblik uchun ringga chiqdi.
Musobaqaning tantanali ochilish marosimida so’z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov O’zbekiston boshqa sohalar qatorida sportda ham yuksak natijalarga erishayotganini qayd etib, Parij Olimpiadasida 206 ta davlat orasida umumiy medallar hisobida 13-o’rinni egallagani barchaga faxr–iftixor bag’ishlaganini ta'kidladi. Ayniqsa, boksdagi zalvorli yutuqda farg’onalik ikki nafar Olimpiada chempionining borligi tarixiy voqea bo’lganligini aytib o’tdi. Viloyatimizda sportning boks turi rivojlanib borayotganligi, bunda sport musobaqalarining tashkil etilishining ahamiyati haqida so’z yuritib, barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat va omad tiladi.
Boks bo’yicha Olimpiada chempionlari Lazizbek Mullojonov, Asadxo’ja Mo’ydinxo’jayev hamda O’zbekiston xalq artisti Yodgor Sa'diyev mamlakatimizda sportga qaratilayotgan yuksak e'tibor uchun davlatimiz rahbariga o’z minnatdorchiligini bildirdi.
Boks musobaqasi qizg’in bahslar ostida kechdi. Markaziy jang 6 raund, qolgan barcha bahslar 4 raunddan iborat bo’ldi.
Tojikistonlik Ramazan Tabarov va yurtimiz vakili Abbosbek Yo’ldoshev o’rtasidagi bellashuv barchaning e'tiborida bo’ldi. Unga ko’ra, Abbosbek Yo’ldoshev tojikistonlik raqibini 1 raundning o’zida texnik nakautga uchratib g’oliblikni qo’lga kiritdi.
Boks kechasida ishtirok etgan barcha bokschilarga pul mukofotlari hamda esdalik sovg’alari topshirildi. Shuningdek, musobaqada viloyatimizda yosh va kuchli bokschilarning tarbiyalashdagi ulkan hissasi uchun, shuningdek, Parijda bo’lib o’tgan yozgi Olimpiya o’yinlarida ishtirok etib, yuqori natijalarga erishgan sportchilarning murabbiylari ham taqdirlandi.










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram