Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
TADBIRKORLAR BILAN NAVBATDAGI UCHRASHUV
2024-08-17 22:06:59 1253
Viloyat hokimi Xayrullo Bozarov viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga bugun Marg’ilon shahrida bo’lib, tadbirkorlar bilan navbatdagi uchrashuvni o’tkazdi.
Tadbirkorlikni rivojlantirish, ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash hududning iqtisodiy taraqqiyotida muhim o’rin tutadi. Bugun odamlarni daromadli, ishli qilaman, degan tadbirkorlar juda ko’p. Ularni rivojiga to’siq bo’layotgan masalalarni hal etishda ochiq muloqot va uchrashuvlarning ahamiyati katta. Viloyatimizda har haftaning shanba kuni an'anaviy tashkil etilayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv buni yaqqol ko’rsatib turibdi.
“Oltin vodiy” MChJning sifatli metall mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasida bo’lib o’tgan bu galgi uchrashuvda o’ttizga yaqin tadbirkorlar viloyat rahbari bilan muloqot qilib, o’z loyiha va muammolarini bildirdi.
E'tiborlisi, xorijlik investorlar ham bugungi uchrashuvda viloyat hokimiga Farg’onada elektr energiyasi, avtoturargohlarni elektron hisob-kitob qilish bo’yicha amalga oshirmoqchi bo’lgan istiqbolli loyihalari taqdimoti bilan tanishtirdi.
Shuningdek, tadbirkorlarning faoliyatlarini kengaytirish va yangi korxonalar qurilishi uchun sanoat zonalari va massivdan yer maydoni so’rab qilgan murojaatlari sohaga mas'ul mutasaddilar ishtirokida ko’rib chiqilishi belgilandi.
Bundan tashqari, umumiy nuqsoni bor bolalar uchun maxsus markaz, turar-joy va sport majmuasi, bog’cha qurish bo’yicha ham tadbirkorlar tomonidan bir qator takliflar ilgari surildi.
Barcha masalalar nazoratga olinib, tadbirkorlarning murojaatlari bo’yicha chora-tadbirlar belgilandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram