![](https://ferghana.uz/uploads/sdfsdfsdfsdfsdfsdafsfdasdf.jpg)
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
![](https://ferghana.uz/images/img/flag-gerb.gif)
.
.
Saytni baholash
FILIPPINLIK INVESTORLAR BILAN UCHRASHUV
![](https://ferghana.uz/uploads/bot/ea5b0222a1b5e5eabeca1.jpg)
2024-08-18 20:11:16 1208
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Abbos Rasulzoda Farsad boshchiligidagi filippinlik investorlar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda hamkorlikdagi amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yo’nalishlar hamda loyihalar muhokama qilindi.
Viloyat hokimi O’zbekiston bugungi kunda barcha sohalarda dadil rivojlanib borayotganini, qulay investitsiyaviy muhit yaratilganligini qayd etib, hududlarda ham xorijiy davlatlarning nufuzli kompaniyalari bilan hamkorlik faollashganini ta'kidladi. Mehmonlar Farg’onadagi iqtisodiy-investitsiyaviy salohiyat va imkoniyatlar bilan tanishtirildi.
Abbos Rasulzoda Farsad viloyatimizda amalga oshirilayotgan energetika, qishloq xo’jaligi, transport kabi sohalardagi loyihalarda hamkorlik qilish bo’yicha o’z takliflarini bildirdi. Xususan, yirik loyihalarda sherikchilik asosida ishtirok etish bo’yicha dastlabki ishlar olib borishligi ma'lum qilindi.
Uchrashuv yakunida Farg’ona tumani hokimi Hamidullo Inomov va investor Abbos Rasulzoda Farsad tomonidan bir qator loyihalar bo’yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram