Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 122 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


QUVANING HAR BIR MAHALLASI NAMUNALI BO’LADI

×

 2024-08-19 23:04:34    1628

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga Quva tumanida bo’lib, mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbari tomonidan yaqinda viloyatimizga tashrifi chog’ida Quva tumanini rivojlantirish bo’yicha topshiriqlar berilgan bo’lib, ayni kunlarda bu borada amaliy ishlarga kirishildi. Quva iqtisodiyotining o’sish nuqtasi bo’lgan har bir hudud bo’yicha master reja ishlab chiqilyapti.

Viloyat rahbari Qaqir va Turk MFYlarida bo’lib, namunali mahallalarga aylantirish jarayonini ko’zdan kechirdi.

Mahallalarning drayverini aniqlash, arxitekturaviy qiyofasini yangilash, aholining bandligini ta'minlash, daromadli qilish kabi yo’nalishlarda tuman sektor rahbarlari va mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Xususan, Qaqir MFYdagi bo’sh, qarovsiz turgan binolardan samarali foydalanish, tadbirkorlarni jalb etish, hududning obodligiga e'tibor qaratish lozimligi ta'kidlandi.

Mahallada 865 ta xonadonda 5 ming 300dan ziyod aholi istiqomat qiladi. Viloyat rahbari tomonidan har bir oilani daromadli qilish uchun bu yerda atirgulchilik, ko’chatchilikni asosiy drayverga aylantirish borasida aniq ko’rsatmalar berildi.

- Quvaliklar azaldan mehnatkash, har bir qarich yerni qadrlaydi. Tomorqachilikda katta tajribasi bor. Faqat uni har bir oilaga, mahallaga ommalashtirish kerak. Shunda har bir mahalla eng obod, namunali hudud bo’ladi, - dedi viloyat rahbari.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram