Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 49 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


XITOY KOMPANIYASI BILAN MUQOBIL ENERGIYA ISHLAB CHIQARISH SOHASIDA HAMKORLIK QILINADI

×

 2024-08-20 09:08:59    1358

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning shamol va quyosh elektr stantsiyalarining yirik operatori bo’lgan Longyuan Power Group kompaniyasi vakillarini qabul qildi.

Uchrashuvda Xitoy kompaniyasi tomonidan viloyatimizda energetika sohasidagi yirik loyihalarga investitsiya kiritish masalalari muhokama qilindi.

Ta'kidlash joiz, Longyuan Power Group kompaniyasi shamol, quyosh, geotermal, suv oqimi, gaz, ko’mir va biomassa elektr stantsiyalarini loyihalashtiradi, quradi hamda ish jarayonini birgalikda boshqaradi. Shu bilan birga tarmoq kompaniyalari va boshqa iste'molchilarga elektr energiyasini sotadi, energiya uskunalari va ko’mir savdosi, konsalting xizmatlarini ko’rsatadi. Elektr stantsiyalari, shamol turbinalari va boshqa uskunalarni ta'mirlash hamda texnik xizmat ko’rsatishda ko’maklashadi. Shamol elektr stantsiyasi mutaxassislari malakasini oshirish hamda qurilmalarni sinovdan o’tkazib borish amaliyotini tashkil etadi.

Muloqotda viloyat rahbari kompaniyaning energetika sohasidagi ilg’or tajriba va yutuqlarini e'tirof etib, viloyatimizda quyosh panellari o’rnatish hamda yirik korxonalarga quyosh panelli quvvatlagichlarini o’rnatib berishda hamkorlik qilish istiqbolli ekanligini ta'kidladi.

O’zaro hamkorlik doirasida hududlarda ixcham podstantsiyalar qurish taklifi ilgari surilib, viloyatdagi sanoat zonalari, xususan, O’zbekiston tumanida joylashgan “Sho’rsuv” sanoat zonasi haqida ma'lumot berildi. Kompaniya mutaxassislari ushbu sanoat zonasi imkoniyatlarini o’rgangan holda o’z loyihalarini joylashtirish mumkinligi aytildi.

Ezgu tashabbus ijrosini ta'minlash maqsadida mas'ullar biriktirilib, kompaniya vakillari bilan birgalikda sanoat zonasini o’rganish va istiqbolli loyihalar bo’yicha ish boshlash bo’yicha kelishib olindi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram