Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
Davlat ijtimoiy buyurtmasi tanlovi e’lon qilinadi
2024-08-21 11:41:48 291
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi huzuridagi jamoat fondi 2024-yilda NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari o‘rtasida muhim ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirishga davlat ijtimoiy buyurtmalarini taqdim etish uchun tanlov e’lon qiladi.
1. Farg‘ona viloyati oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi - Farg‘ona, Beshariq, O‘zbekiston va So‘x tumanlarida faoliyat olib borayotgan kasb-hunar maktablarida “Asalarichilik” yo‘nalishi bo‘yicha va Farg‘ona, Marg‘ilon, Quvasoy, Qo‘qon shaharlari hamda Buvayda, Dang‘ara va Furqat tumanlarida “Sartaroshlik” kasbi bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish orqali qo‘shimcha kasb-hunar berish. Buyurtmanomaga 220 million so‘m mablag‘ ajratiladi.
Hujjatlarni qabul qilish 2024-yil 21-avgust kunidan 23-sentyabr kunigacha (shanba va yakshanba kunlaridan tashqari) har kuni soat 9:00 dan 16:00 gacha qabul qilinadi.
Ma’lumot uchun telefon: (93) 732-77-87, 99 002-75-00
Tanlovda qatnashish uchun taqdim etiladigan hujjatlar hamda tanlovning boshqa shartlari bilan batafsil tanishing.