
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
PAXTADAN HOSILDORLIK IKKI BAROBAR OSHADI

2024-08-21 18:32:26 1298
Bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Qo’shtepa tumanidagi “Aslbek fayz baraka diyor” fermer xo’jaligida Xitoydan olib kelingan paxta navining parvarish jarayonini ko’zdan kechirdi. Xitoylik mutaxassislar, fermerlar bilan mazkur navni yetishtirish texnologiyasi bo’yicha suhbatlashdi.
Ma'lumki, bugungi kunda qishloq xo’jaligida tejamkor va hosildor navlarni mamlakatimiz sharoitiga moslash orqali hosildorlikni ikki barobarga oshirish bo’yicha ishlar davom etmoqda. Joriy yilda viloyatimizda 8200 gektardan ortiq maydonda Xitoy davlatidan olib kelingan chigit ekilib, barcha agrotexnik tadbirlar asosida parvarishlanmoqda. Bu navni yetishtirishda suv va boshqa xarajatlar keskin kamayadi, muhimi daromad oshadi. Hosil paxta mashinasida terib olinadi.
Mazkur fermer xo’jaligida 25 gektar maydonda yangi nav tajriba sifatida parvarishlanyapti. Asosiysi, har gektaridan 70 tsentnergacha hosil olish mumkin.
Viloyat hokimi dala maydonidagi g’o’zalarning rivoji va amalga oshirilayotgan agrotexnik tadbirlar bilan tanishib, sifatli hosil olish bo’yicha tavsiyalarini berdi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram