Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 149 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


QISHLOQ XO’JALIGIDA FARG’ONA PESHQADAM BO’LISHI KERAK

×

 2024-08-21 19:24:16    1354

PDF yuklash
Chop etish


Qishloq xo’jaligida Prezidentimiz belgilab bergan vazifalar asosida unumdorlik va manfaatdorlik oshmoqda. Qo’shtepa tumanida bo’lib o’tgan ko’rgazmali seminarda bu yana bir bor ta'kidlanib, muhim vazifalar belgilab olindi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga seminarda ishtirok etib, paxta terimi oldidan g’o’za maydonlarini defoliatsiyalash ishlarini amalga oshirish, joriy yilgi paxta yig’im-terimi mavsumini uyushqoqlik bilan tashkil etish, shuningdek, ochiq maydonlarga va g’o’za qator oralariga g’alla ekishni o’z vaqtida va sifatli o’tkazish masalalariga e'tibor qaratdi.

Tadbirda viloyat qishloq xo’jaligi sohasi mas'ullari, tumanlar sektorlari rahbarlari, paxta-to’qimachilik va g’allachilik klasterlari rahbarlari, fermerlar hamda daxldor mutasaddilar, nuroniylar ishtirok etdilar.

Dastlab, nuroniylar dehqonchilikka, yetishtirilgan hosilga qut-baraka tilab, duolar qilindi.

Tumandagi “Solijonobod Mahmud” MMTP hududidagi "Global Textile Solutions" MChJ paxta-to’qimachilik klasterida bo’lib o’tgan tadbirda yuqori hosildor chigit va qishloq xo’jaligi ekinlari urug’lari, kimyoviy o’g’itlar namunalari, texnikalardan iborat qishloq xo’jaligi ko’rgazmasi ko’zdan kechirildi.

Tadbirda so’z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov qishloq xo’jaligi sohasida hosildorlik yildan yilga oshayotgani, Farg’onada bu borada katta tajriba maktabi yaratilganligini ta'kidlab, endilikda yuqori unumli texnikalarni joriy etish muhimligi xususida to’xtaldi. Paxta yig’im-terimiga kirishish oldidagi so’nggi agrotexnik tadbirlarni to’g’ri amalga oshirish mo’l hosil garovi bo’lishiga e'tibor qaratib, g’o’za maydonlarini defoliatsiyalashni g’o’zaning biologik yetilganligiga qarab o’z muddatida va sifatli o’tkazish, qo’llaniladigan defoliantlarni to’g’ri tanlash bo’yicha klaster rahbarlariga o’z tavsiyalarini berdi. Klasterlar va fermer xo’jaliklarida paxta terish mashinalarini ko’paytirish bo’yicha topshiriqlar berildi.

Viloyatimizda bu yil ilk bor mavsumda 65 ta paxta teradigan mashinalar ishtirok etadi. E'tiborlisi, uning 50 tasi Farg’onada yig’iladigan Xitoyning “Shandong Swan Cotton Industrial Machinery Stock Co. Ltd” kompaniyasining, 10 tasi “John Deere” va boshqa paxta terish mashinalaridir. Xayrullo Bozorov seminarda kelgusi uch yilda viloyatimizda paxta terimi to’liq mexanizatsiyalashini ma'lum qildi.

Shu bilan birga mavsumda otryadlarni shakllantirish, terimchi va hasharchilarga yetarli shart-sharoit yaratish, mehnatga haq to’lash masalalariga alohida to’xtalib o’tildi.

Viloyat hokimining o’rinbosari Alibek Tursunov 2024 yilda viloyatda 76 ming gektar maydonda g’o’za parvarish qilinib, ushbu maydonlardan 289 ming tonna paxta xom ashyosi yetishtirish rejalashtirilganligini qayd etib, buning uchun tumanlardagi 12 ta paxta-to’qimachilik klasterlari bilan mavsum davomida amalga oshirilgan ishlar, viloyatda paxta yig’im terimiga tayyorgarlik jarayonlari, kutilayotgan paxta hosildorligi, klasterlar faoliyatini takomillashtirish, defoliatsiyalash bo’yicha qilinishi lozim bo’lgan ishlar yuzasidan o’z fikrlarini bildirdi.

Kelgusi yil hosili uchun 94 ming 300 gektar maydonga boshoqli don ekish belgilangan. Buning uchun zarur texnikalar shay qilindi. Bu yil ilk bor uchta g’allachilik klasterida urug’lik don yetishtirish yo’lga qo’yildi.

Seminarda ochiq maydonlarga va g’o’za qator oralariga g’alla ekishni o’z vaqtida va sifatli o’tkazish, ekin maydonlarini o’g’itlash bo’yicha chora-tadbirlar ham kelishib olindi.

Viloyat hokimi va nuroniylar “Aslbek fayz baraka diyor” fermer xo’jaligining dala maydonida ezgu niyatlar bilan g’alla ekish ishlarini boshlab berdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram