![](https://ferghana.uz/uploads/sdfsdfsdfsdfsdfsdafsfdasdf.jpg)
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
![](https://ferghana.uz/images/img/flag-gerb.gif)
.
.
Saytni baholash
QUVA TUMANIDAGI HARBIY QISMDA BINO-INSHOOTLAR KAPITAL TA'MIRDAN CHIQARILDI
![](https://ferghana.uz/uploads/bot/c9eee9baa08343fd437d3.jpg)
2024-08-21 20:11:45 1436
Mustaqilligimizning 33 yillik bayrami arafasida Sharqiy harbiy okrugning Quva tumanida joylashgan harbiy qismida kapital ta'mirdan chiqarilgan bino-inshootlarni foydalanishga topshirishga bag’ishlangan tantanali tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbirda viloyat hokimi, harbiy-ma'muriy sektor rahbari Xayrullo Bozorov, Sharqiy harbiy okrug qo’shinlari qo’mondoni, general-mayor Oybek Saidov, harbiy xizmatchilar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Prezidentimiz tomonidan boshlangan islohotlar harbiy sohada o’z ijobiy natijasini ko’rsatayotgani, harbiy-ma'muriy sektorlar tashkil etilib, joylarda davlat hokimiyati organlari ham mamlakatimiz mudofaa qudratini mustahkamlashda faol ishtirok etib kelayotgani tadbir davomida alohida qayd etildi.
Harbiy qismda “Vodiy yuksalish omad ta'mir” qurilish kompaniyasi tomonidan 5,4 mlrd. so’mlik loyiha asosida o’quv binosi, shtab va yotoqxona bilan birga oshxona, sport majmuasi, ochiq o’yingohda kapital ta'mirlash ishlari amalga oshirildi, qism hududi obodonlashtirildi. Harbiylar uchun qulay sharoitlar yaratildi.
Sharqiy harbiy okrug qo’shinlari qo’mondoni, general-mayor Oybek Saidov viloyat rahbariga harbiy qismda amalga oshirilgan ishlar haqida ma'lumot berdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram