Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 132 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


MUSTAQILLIK BAYRAMI ARAFASIDA HARBIYLARGA XONADON KALITLARI TOPSHIRILDI

×

 2024-08-21 20:35:08    1712

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona shahridagi Ekoshahar – “Yangi O’zbekiston” massivida bunyod etilgan 7 qavatli uylardan mudofaa tizimi harbiy xizmatchilariga yangi xonadonlar kalitlarini topshirish marosimi bo’lib o’tdi.

Tadbirda viloyat hokimi, harbiy-ma'muriy sektor rahbari Xayrullo Bozorov, Sharqiy harbiy okrug qo’shinlari qo’mondoni, general-mayor Oybek Saidov ishtirok etdi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov eng ulug’, eng aziz bayram - Mustaqilligimizning 33 yilligi arafasida mazkur uylar harbiy xizmatchilarga katta tuhfa bo’lganligini qayd etib, yangi uylar bilan qutladi. Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan yurtimizda har jabhada amalga oshirilayotgan islohotlar xalqimiz manfaatlariga, inson qadrini ulug’lashga, osoyishtaligimizni munosib himoya qilishga xizmat qilayotganligiga e'tibor qaratdi. Huquqni muhofaza qiluvchi va mudofaa organlari faoliyatini takomillashtirish va ularning xizmatchilari uchun qulay sharoitlar yaratish borasida ham katta ishlar olib borilayotganligi qayd etildi. Prezidentimizning ko’rsatmalari bilan barpo etilgan Ekoshaharda bugun topshirilayotgan yangi xonadonlar ham harbiy xizmatchilarning ijtimoiy himoyasi, turmush sharoitini yaxshilashga bo’lgan e'tibor samarasi ekanligi ta'kidlandi.

Yangi barpo etilgan ko’p qavatli uylardan mudofaa tizimida xizmat ko’rsatayotgan 100 nafar harbiylarning oilalariga xonadonlar topshirildi.

Yangi xonadonga ko’chib kirayotgan oilalar vakillari so’z olib, harbiylarga ko’rsatilayotgan e'tibor va rag’bat uchun Prezidentimizga o’z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Viloyat rahbari, jamoatchilik vakillari yangi xonadonlardagi sharoitlar bilan tanishdilar. Ularning egalari bilan suhbatlashilgandan so’ng nuroniy otaxonlar duoga qo’l ochib, osmonimiz musaffoligi va shunday shodiyona kunlar bardavom bo’lishi uchun ezgu niyatlar bildirdilar, Prezidentimiz haqlariga duo qildilar.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram