Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
RISHTON KULOLCHILIGINING MOHIR USTASI
2024-08-22 09:10:54 1468
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov “Do’stlik” ordeni sohibi, O’zbekiston Badiiy akademiyasi hamda “Hunarmand” uyushmasi a'zosi rishtonlik usta kulol Tohirjon Haydarov tashkil qilgan muzey-ustaxonasida bo’ldi. Rishton kulolchiligining o’ziga xos jihatlarini ifoda etgan ustaxona va eksponatlarni ko’zdan kechirdi.
Bu yerdagi qo’l mehnati bilan yasalgan sopol buyumlar, unga chizilgan naqshlar hamda yozilgan hikmatli so’zlar san'at asari sifatida dovrug’ qozongan. Mazkur muzeyga xorijlik sayyohlar ham ko’p tashrif buyuradi.
Viloyat hokimi usta kulol bilan suhbatda uning milliy hunarmandchilik rivojidagi mehnatini alohida e'tirof etdi. Uning 63 yoshi hamda onasi Xursanoy aya Haydarovani mustaqillik bayrami bilan tabrikladi.
Bugungi kunda Tohirjon Haydarovning 100 dan ortiq shogirdi bor. Besh nafar farzandi ham el-yurt havas qilgudek insonlar bo’lib voyaga yetgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram