Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 70 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


HAR BIR LOYIHA HUDUD IQTISODINING RIVOJIGA XIZMAT QILADI

×

 2024-08-22 19:05:51    1478

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov bilan birga bugun Toshloq tumanida bo’lib, yoshlar kichik sanoat zonasi hamda hududlarda tadbirkorlarning ishga tushirilayotgan yangi loyihalari bilan tanishdi.

Dastlab “GS-lyuks textile” oilaviy korxonasi tomonidan tashkil etilgan tikuvchilik tsehidagi ish jarayonlari ko’zdan kechirildi. Tadbirkor Nigora Rahmonovaning 2,6 mlrd. so’m o’z mablag’i hisobiga ishga tushirilgan yangi tsexda 50 ta doimiy ish o’rni yaratildi. Bu yerda yiliga 120 ming dona tekstil mahsulotlari tayyorlash rejalashtirilgan. Viloyat rahbari sifatli va raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish, brend yaratish borasida takliflarini berdi.

Yosh tadbirkor Rahmatillo Abdurahmonov tomonidan mazkur hududda avtomobillar uchun moy va antifriz ishlab chiqarishga mo’ljallangan loyiha ishga tushirildi. Buning uchun 3,5 mlrd. so’m sarmoya kiritilgan. Korxonada 20 ta ish o’rni yaratilib, yiliga 9,5 ming tonna avtomobillar uchun kerakli moy va antifriz ishlab chiqarish imkoni mavjud. Viloyat rahbari tadbirkor bilan suhbatlashdi, uning rejalari bilan qiziqdi.

Tadbirkor shu yaqin hududdagi bo’sh turgan 4 gektar maydonda oilaviy dam olish maskani qurayotganini, u yerda yana bir qator loyihalar amalga oshirishni rejalashtirayotganini ma'lum qildi. Viloyat rahbari mazkur loyihani ham borib ko’rdi. Aholi va dam oluvchilarga yanada qulaylik yaratish, hududni obodonlashtirish, yashil makonga aylantirish borasida tavsiyalar berildi.

Qanjirg’a MFYda “Izmir textile” MChJ tomonidan loyiha qiymati 8 mln. dollar bo’lgan sun'iy ipdan mato ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda. Korxonada hozirda qurilish ishlari yakuniga yetkazilmoqda. Uning ishga tushishi natijasida 100 ta yangi ish o’rni yaratiladi. Viloyat rahbari bu yerdagi ish jarayonini borib ko’rdi. Tadbirkorning elektr-energiyasi va tabiiy gaz bilan bog’liq muammosini hal etish bo’yicha mas'ullarga topshiriqlar berildi.

Turvat MFYdagi “Zar eko plast” mas'uliyati cheklangan jamiyatida plastik mahsulotlar ishlab chiqarilayotgan bo’lib, qisqa fursatda o’z xaridorini topdi. Bu yerda 15 ta ish o’rni yaratilgan. Viloyat rahbari mazkur korxonani borib ko’rdi, ish jarayoni bilan tanishdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram