Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 86 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


MAHALLALAR ISHSIZLIKDAN XOLI HUDUDGA AYLANMOQDA

×

 2024-08-22 20:10:47    1588

PDF yuklash
Chop etish


Toshloq tumanidagi mahallalarni ishsizlikdan xoli hududga aylantirish, aholini daromadli qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish bo’yicha bir qator ishlar olib borilyapti. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov bilan tumandagi mahallalarda bo’lib, ana shu jarayon bilan tanishdi.

Turvat mahallasidagi bo’sh turgan binoda Komila Jo’rayeva tomonidan tikuvchilik tsexi tashkil etildi. Bu yerda bugungi kunda 15 nafar qishloq ayollari ish bilan ta'minlangan. Viloyat rahbari ayollar bilan suhbatlashdi, daromadi bilan qiziqdi. Buyurtmalarni ko’paytirish, sharoitlarni yanada yaxshilash bo’yicha tavsiyalar berildi.

Zarkent MFYda 7 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Bu yerda ikki yuzdan ziyod tadbirkorlar faoliyat ko’rsatmoqda. Mahallada tomorqachilikda ham yaxshi tajriba bor. Yaqinda mahallaning bo’sh turgan binosida tikuvchilik tsexi tashkil etildi. Tadbirkor Risolat Karimovaning bu tashabbusi bilan o’ttizga yaqin xotin-qiz ishli bo’ldi. Viloyat rahbari tadbirkorning faoliyatini yuqori baholadi, har bir mahallada shu kabi yo’nalishlarni tashkil etish kerakligini bildirdi.

Shu mahallada 3 mlrd. so’m mablag’ evaziga yangi xususiy tibbiyot maskani qurildi. 50 o’rinli muassasada 10 ta ish o’rni yaratildi. Viloyat rahbari bu yerdagi sharoitlarni ko’zdan kechirdi.

Qo’rg’oncha MFYda metalni qayta ishlash va ishlov berish tsexi faoliyat ko’rsatmoqda. Tadbirkor Salohiddin Soliyev tomonidan tashkil etilgan bu tarmoqda 50 ta yoshlar ish bilan ta'minlangan. Bu yerdagi tejamkor isitish qozonlariga talab katta. Viloyat rahbari yoshlar bilan suhbatlashib, yangi turdagi mahsulotlarni ko’paytirish bo’yicha takliflarni ilgari surdi.

Hamrak MFYdagi uch qavatli bo’sh turgan binoda poyabzal ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirildi. Qishloq aholisi uchun 25 ta ish o’rni yaratildi. Tadbirkor Muhammadrasul Xaliljonov viloyat rahbari bilan muloqotda bu yerni yanada kengaytirish, tikuvchilik tsexini tashkil etish ishlari haqida ma'lumot berdi. Shuningdek, mahallaning bo’sh turgan binosida ham tikuvchilik tarmog’i tashkil etildi. Viloyat rahbari uning faoliyati bilan tanishib, mahalla yettiligiga aholining bandligini ta'minlash va daromadli qilish vazifalariga e'tibor qaratish lozimligini ta'kidladi.

Piyozchilik MFYda yaqinda avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va avtomashinalar savdosi markazi ishga tushirildi. 50 nafar mahalla yoshlari bu yerda mehnat qilmoqda. Viloyat rahbari mazkur markaz faoliyati bilan ham tanishdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram