Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
QUVASOY SHAHRIDA YANGI ISHLAB CHIQARISH LOYIHALARI AMALGA OSHIRILMOQDA
2024-08-22 22:45:30 1596
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan birgalikda Quvasoy shahrida bo’lib, istiqbolli loyihalar bilan tanishdi.
Dastlab Pakana MFY hududida tashkil etilgan "Bunyodkor" yoshlar va tadbirkorlik sanoat zonasidagi loyihalarning borishi bilan tanishildi.
"Crown ceramic" MChJ qo’shma korxonasi tomonidan tashkil etilayotgan keramogranit plita ishlab chiqarish korxonasida hozirda qurilish-montaj ishlari yakuniga yetkazilmoqda. Loyihaga 40 mln. dollar sarmoya kiritilayotgan bo’lib, yillik ishlab chiqarish hajmi 7,5 mln. metr kvadratga, yillik eksport hajmini esa 10 mln. dollarga yetkazish ko’zda tutilgan. 2025 yil 1-choragida ishga tushishi rejalashtirilgan ushbu korxonada 400 ta yangi ish o’rni yaratiladi.
Sanoat zonasidagi 45 sotix yer maydonida xitoylik mutaxassislar ko’magida politelin qop ishlab chiqarish loyihasi yo’lga qo’yildi. "Party-city" MChJ tomonidan Xitoydan 300 ming dollarlik texnologiyalar olib kelindi. Korxonada 30 ta yangi ish o’rinlari yaratilishiga erishildi. Viloyat rahbari uning faoliyatini ko’zdan kechirdi.
Bu yerdagi past quvvatda ishlayotgan "Farg’ona mukammal servis" MChJning bino-inshootlariga tojikistonlik investorlar sarmoya kiritib, mevani qayta ishlash va qadoqlash loyihasini amalga oshirish bo’yicha “Global dolina” MChJ faoliyati yo’lga qo’yildi. 1,5 gektar maydonda rejalashtirilayotgan loyiha uchun 2,5 mln. dollar to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiya jalb qilinmoqda.
Joriy yil yakuniga qadar 1200 aholi tomorqasida yetishtirilgan 4,5 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari sotib olinib, 4 mingdan ziyod aholining daromadi oshishi ko’zda tutilgan. Ushbu korxona shu yilning IV choragida ishga tushirilib, yillik quvvati 4,5 ming tonna meva mahsulotlari qabul qilinadi va 65 ta yangi ish o’rni yaratiladi. Mahsulotlar asosan eksport qilinadi.
“APK O’zbegim” agrofirmasining meva-sabzavotlarni qayta ishlash va qadoqlash korxonasi shahardagi yirik meva-sabzavotlarni qayta ishlash korxonalaridan biri bo’lib, bir necha yil oldin moliyaviy masalalar tufayli faoliyatini to’xtatgan edi. Hozirda yangi loyiha asosida infratuzilma-kommunikatsiya masalalari va ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.
Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 30 ming tonna bo’lib, yil yakuniga qadar 15 ming tonna olma aholidan sotib olinishi rejalashtirilgan. Korxona tomonidan mavsumda kuniga 200 tonna mahsulotni kooperatsiya asosida aholidan olish va ularni ish bilan bandligini ta'minlash choralari ko’rilmoqda. Kooperatsiya asosida 2400 ta xonadonlarni jalb qilish ko’zda tutilgan.
Korxonada sok va sok kontsentrantlari ishlab chiqariladi va qadoqlangan meva-sabzavotlar yillik ishlab chiqarish hajmi 15 ming tonna va 1 mln. dona mahsulot jami 650 ming dollarlik eksportga yo’naltirish ko’zda tutilmoqda. Mahsulotlar asosan Qozog’iston, Rossiya, Belorussiya va YEvropa davlatlariga yetkaziladi. Viloyat rahbari bu yerda olib borilayotgan ishlar bilan tanishib, loyihani ishga tushirish bo’yicha topshiriqlar berdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram