
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
“BESHARIQ TONGI” GAZETASINING YANGI BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

2024-08-23 18:39:35 1258
Beshariq tuman hokimligi muassisligidagi “Beshariq tongi” gazetasi nafaqat viloyat, balki mamlakat miqyosida muntazam ravishda nashr etib kelinayotgan bosma davriy ommaviy axborot vositasi sifatida o’z mavqeiga ega. Ayni paytda gazeta yiliga o’rtacha 4,5–5,5 ming obunachiga ega bo’lib, tahririyatning ijodiy xodimlari yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlarni targ’ib etishda faollik ko’rsatib kelayotir.
Tuman hokimligi tashabbusi bilan tahririyat moddiy – texnik bazasini mustahkamlash, ijodiy va texnik xodimlari uchun zamonaviy mezonlar asosida qulay sharoitlar yaratish doimiy e'tiborda. Ezgu tashabbuslar doirasida tahririyatning 705 million so’mdan ortiq mablag’i hisobiga eski bino mukammal ta'mirdan chiqarildi. Natijada bosh muharrir, ijodiy va texnik xodimlar uchun ajratilgan 4 ta xonada barcha qulayliklar yaratildi. Binoda gazeta arxivi uchun maxsus xona ajratilib, uning sharafli ijodiy yo’li bilan bog’liq muhim hujjatlar jamlandi.
Tahririyatning yangi binosi foydalanishga bag’ishlangan tantanali marosimda viloyat, shahar–tuman gazetalari bosh muharrirlari, Beshariq tuman hokimligi mas'ullari, soha faxriylari ham keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda bosma ommaviy axborot vositalarining jamiyatimizdagi o’rni beqiyos ekanligini ta'kidlab, yangi bino mustaqillik bayramiga munosib tuhfa bo’lganligini bildirdi.
Tadbir qatnashchilari bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, o’zaro ijodiy tajriba almashdilar.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram