Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 148 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


YANGI UY TO’YLARI VA MUSTAQILLIK BAYRAMI TANTANALARI YANADA QUVONCHLI O’TMOQDA

×

 2024-08-23 20:46:39    1333

PDF yuklash
Chop etish


Vatanimiz mustaqilligining 33 yilligi bayrami arafasida Farg’ona shahridagi Ekoshahar – “Yangi O’zbekiston” massivida bunyod etilgan ko’p qavatli uylardan viloyatimiz energiya ta'minoti tizimi ishchi-xodimlariga yangi xonadonlar topshirildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda elektr korxonalarining ishchi-xodimlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ekoshaharda qurilgan ko’p qavatli uylarning sohibi bo’lganlarni yangi xonadon bilan qutladi. “Farg’ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aktsiyadorlik jamiyatining bu tashabbusi mustaqillik bayramiga munosib tuhfa bo’ldi.

Mazkur jamiyatning 30 nafar ishchi-xodimlariga yangi uylarning kalitlari va esdalik sovg’alari tantanali topshirildi. Mehmonlar yangi uylarda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Shu yerda “Farg’ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aktsiyadorlik jamiyatining 600 nafar ishchi-xodimlari ishtirokida “Bir bo’lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda so’z olgan viloyat hokimi mustaqillik buyuk ne'mat ekanligini qayd etib, so’nggi yillardagi bemisl islohotlar inson manfaatiga, yurt taraqqiyotiga xizmat qilayotganligini, Prezidentimiz tashabbusi bilan bunyod etilayotgan yangi massivlar aholining turmush darajasini oshirayotganini ta'kidladi. Barchani yaqinlashib kelayotgan istiqlol bayrami bilan tabrikladi, yangi uy egalariga ezgu tilaklar bildirildi.

Alisher Fayz hamda viloyatimizning taniqli san'atkorlarining kuy-qo’shiqlari tadbirga yanada fayz bag’ishladi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram