Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
YOZYOVON TUMANIDA IMKONIYATLAR TO’LIQ ISHGA SOLINMAYAPTI
2024-08-24 12:21:28 1119
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov bilan birga Yozyovon tumanida bo’lib, aholini ish bilan band qilish, kambag’allikdan chiqarish, iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish kabi yo’nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Bahor MFY hududida “Nur Shavkat” MChJ tomonidan transformator ishlab chiqarish korxonasi faoliyat olib bormoqda. Yosh tadbirkor Shavkatjon Xudoberdiyev tashabbusi bilan faoliyat ko’rsatayotgan ushbu korxonada 10 nafar ishchi-xodim ishlab, daromad olmoqda. Loyihani kengaytirish hisobiga yana 5 ta ish o’rni yaratish maqsad qilingani aytib o’tildi. Viloyat hokimi bilan muloqotda Shavkatjon Xudoberdiyev yangi loyiha ustida ish boshlagani ushbu loyiha ishga tushsa yana 70 ta ish o’rni yaratilishini ma'lum qildi. Bundan tashqari, 3-4 ta tumanlarda transformatorlarni ta'mirlashni yo’lga qo’yish taklifi ham qo’llab-quvvatlandi.
Viloyat hokimi Sayxunobod va Uychi tajribasi asosida Yuqori Soybo’yi mahallasida amalga oshirilgan ishlar bilan ham tanishdi. Bu mahalladagi xonadonlarda va terakzorlarda parranda boqish yo’lga qo’yildi. Viloyat rahbari ushbu jarayonlar bilan shug’ullanayotgan xonadon egalari bilan muloqot qildi. Aholi vakillari ushbu parrandalar boqish ortidan daromadga kirayotganliklarini ham aytib o’tishdi.
Ushbu mahallada Muhammadjon Isroilov Poddon tayyorlashni yo’lga qo’yib, 40 ta ish o’rni yaratdi, Indorama kompaniyasi bilan shartnoma qilib, tayyor mahsulotlarni yetkazib bermoqda. Yangibo’ston MFY hududidagi joydan lot sotib olib, korxonasini yanada kengaytirish bo’yicha olib borayotgan ishlar haqida viloyat rahbariga ma'lum qildi.
Toshhovuz MFYda tadbirkor G’ayratjon Karimov paxta chiqindilarini qayta ishlashni yo’lga qo’ydi. Oyiga ish holatiga qarab 100 mingdan 150 ming tonnagacha mahsulot ishlab chiqarilmoqda. Bu jarayonda 10 ta ishchi band. Mahsulotlar asosan Qirg’iziston va Tojikiston davlatlariga eksport qilinadi. Korxona hududida tadbirkor tomonidan zamonaviy jihozlar keltirilib, noto’qima matolar ishlab chiqarish loyihasi ustida ishlanmoqda. Ushbu loyiha uchun 3 mlrd. so’m sarmoya kiritildi. Natijada yana qo’shimcha 10 ta ish o’rni yaratiladi.
Ushbu mahallada “Barasulov Odiljon” MChJ tomonidan polizol mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasidagi ish jarayonlari bilan ham tanishildi. Avval 6 ta ish kuchi bilan qora qog’oz ishlab chiqarilgan tsex kengaytirilib, hozirda qurilishda asosiy ashyo bo’lgan polizol ishlab chiqarilmoqda. Korxona kengayishi hisobiga ish o’rni ham 20 taga yetkazildi. Ushbu mahsulot ko’p qavatli uylarning tom qismida ishlatiladi. Korxona tashabbuskori Murodil Barasulov viloyat rahbariga qurilish firmalari bilan hamkorlikda ishlash taklifini bildirdi va ushbu taklif ma'qullandi.
Shu kuni Guliston kichik sanoat zonasidagi paxtani qayta ishlash, kafellar uchun maxsus kley ishlab chiqarish korxonasi hamda Yangibo’ston MFY hududidagi 80 ta lotga ajratilgan hududda 100 ga yaqin tadbirkorlar tomonidan lotlar olinib, konteynerdan har xil turdagi temir mahsulotlari ishlab chiqarishga mo’ljallangan hudud ham joyiga borib ko’rildi. Tadbirkorlar bilan muloqot qilindi.
O’rganishlar davomida amalga oshirilayotgan ishlar bilan birga tumanda dasturlarning ijrosi talab darajasida emasligi, rahbarlarning mas'uliyatsizligi ma'lum bo’ldi.
Sanoat zonasiga ajratilgan yerlardan samarali foydalanilmayapti, mavjud sanoat zonasidagi 80 ta loyihalarni sotuvga chiqarish kechiktirilyapti, bu bo’yicha mas'ullar qattiq ogohlantirildi. “Mahallabay” ishlash tizimini yo’lga qo’yish, har bir mahallaning o’sish nuqtalarini topish va shu mahallalarni sanoat va qishloq xo’jaligiga ixtisoslashtirish, pirovard yangi ish o’rinlari yaratish bo’yicha ishlar viloyat darajasidan eng past ekanligi qattiq tanqid qilindi.
Viloyat hokimi tuman sektorlari rahbarlarining faoliyatini qoniqarsiz deb baholab, xalq deputatlar tuman va viloyat kengashini qo’shma sessiyasida 4 ta sektorning hisobotini eshitish bo’yicha topshiriq berildi va yil yakuniga qadar barcha kamchiliklarni bartaraf etish, o’zgarish bo’lmasa yil yakunidan keyin qattiq chora ko’rish haqida ogohlantirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram