Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
MARG’ILON SHAHRIDA NAVBATDAGI TADBIRKORLAR BILAN UCHRASHUV O’TKAZILDI
2024-08-24 21:43:53 926
Marg’ilon shahridagi “Oltin vodiy” MChJning sifatli metall mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasida bo’lib o’tgan bu galgi uchrashuvda ham tadbirkorlar “Yangi O’zbekiston” massivi va shahar hududidagi sanoat zonalariga joylashtirmoqchi bo’lgan qator yangi loyihalari taqdimoti bilan tanishtirdilar.
Tadbirkor Hotamjon Bo’riboyev xalqaro transport xizmati ko’rsatish bilan shug’ullanadi, YEvropa, MDH davlatlariga sanoat mahsulotlarini tashiydi. 10 ta ish o’rni yaratgan. Viloyat rahbari bilan muloqotda massivdan joy ajratilsa, logistika markazi qurish taklifini bildirdi. Ushbu markaz ishga tushsa 20 ta ish o’rni yaratishini ma'lum qildi. Ushbu taklif ko’rib chiqilib, ko’mak beriladigan bo’ldi.
Marg’ilon shahridagi “Anor” kafesi oilaviy korxonasi ta'sischisi Umidjon Shodiyev esa ushbu massivda loyiha qiymati 5 mlrd. so’m bo’lgan zamonaviy xizmat ko’rsatish majmuasini qurish niyatida ekanligini aytdi. Loyiha qo’llab-quvvatlansa 150 ga yaqin ish o’rni yarataman - deydi tadbirkor. Ushbu taklif ham ma'qullanib, birgalikda ishlanadigan bo’ldi.
Shu kuni viloyat hokimi Xayrullo Bozorov va viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov 40 ga yaqin tadbirkorlarning barcha taklif va masalalarini tingladi. Takliflar bo’yicha ishlash hamda murojaatlarga yechim belgilash yuzasidan mas'ullar biriktirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram