Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
PREZIDENT TASHRIFIDAN SO’NG: HUDUDLAR RIVOJI YO’LIDA
2024-08-26 15:57:24 798
Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yil 11-12 iyul kunlari Farg’ona viloyatiga tashrifi chog’ida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida ustuvor vazifalar belgilab berildi, zarur mablag’lar ajratildi. Bu esa har bir shahar va tuman uchun katta imkoniyatlar eshigini ochayotgani bilan ahamiyatlidir.
Ayniqsa, elektr-energiya, yo’l, ichimlik suvi, tabiiy gaz, tibbiyot, ta'lim kabi sohalardagi muammolarni hal etish uchun respublika byudjetidan 94 milliard so’mdan ortiq mablag’ ajratildi.
Bugungi kunda aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimizning topshirig’i asosida 11 ta ob'ektda 39,6 kilometr ichimlik suvi tarmog’ini tortish ishlari boshlab yuborildi. Xususan, Qo’shtepa tumanidagi “Qumtepa” mahalla fuqarolar yig’inida 10,6 kilometr yangi tarmoq tortilib, aholining e'tiroziga sabab bo’layotgan masala yechim topadi. Elektr energiyasi ta'minoti bo’yicha 48 ta ob'ektda 110 kilometr elektr uzatish tarmog’ini tortish, 3 ming 515 ta tayanch, 43 ta transformator podstantsiyasini o’rnatish ishlari boshlandi.
Shuningdek, sog’liqni saqlash muassasalari zarur tibbiy jihozlar bilan ta'minlanyapti. Mutaxassislik yo’nalishlari bo’yicha 391 umumiy amaliyot shifokorlariga bo’lgan ehtiyojlar to’ldiriladi. Bag’dod tumani Ultarma mahallasidagi oilaviy shifokorlik punktiga 50 o’rinli yangi bino qurish ko’zda tutilgan.
Viloyatdagi 200 ta maktablarda kimyo, biologiya va fizika fanlaridan amaliy mashg’ulotlar o’tkazish uchun 300 dan ortiq to’plamdagi anjomlar xarid qilinadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram