Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 57 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


QO’RIQLASH BO’LIMLARI UCHUN ZAMONAVIY BINOLAR

×

 2024-08-27 16:25:26    889

PDF yuklash
Chop etish


Mustaqilligimizning 33 yillik ayyomi arafasida yangitdan bunyod etilgan Yozyovon tumani qo’riqlash bo’limi ma'muriy binosi foydalanishga topshirildi.

Tantanali marosimda viloyat hokimligi, Milliy gvardiya qo’riqlash bosh boshqarmasi, viloyat qo’riqlash boshqarmasi mutasaddi rahbarlari, tuman sektorlari rahbarlari, qo’riqlash bo’limi shaxsiy tarkibi hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda so’z olganlar yurtimizda harbiy xizmatchi va xodimlar hamda ularning oila a'zolarini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, osoyishtaligimiz posbonlarining turmush sharoitini yaxshilash, zamon bilan hamnafas ravishda xizmat olib borishlarini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilayotganligini ta'kidladilar.

Zamon talablariga mos ravishda barpo etilgan ushbu maskan ham shaxsiy tarkib uchun eng ulug’ va aziz bayramga munosib tuhfa bo’lganligi qayd etildi. Bunday e'tibor, yaratilgan shart-sharoitlar barcha xodimlarga yurt osudaligi, aholi tinchligini asrash va himoya qilish, jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta'minlash, jismoniy va yuridik shaxslarni mol-mulklarini kafolatli qo’riqlashda yanada kuch-quvvat hamda shijoat bag’ishlashiga ishonch bildirildi.

Ramziy lenta qirqilib, zamonaviy qiyofa kasb etgan binoda yaratilgan shart-sharoit va qulayliklar bilan yaqindan tanishildi.

Ma'lumot o’rnida: kuni kecha Milliy gvardiya qo’riqlash boshqarmasi Dang’ara va O’zbekiston tumanlari bo’limlarining yangi binosi ochildi. Joriy yilning o’tgan davrida Qo’qon, Quvasoy shahri va Rishton tumanida yangi binolar qurilib, foydalanishga topshirilgan bo’lsa, Qo’shtepa va Quvada qurilish ishlari olib borilmoqda, Oltiariqda loyihalashtirilmoqda.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram