Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 66 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


Polsha va Farg’ona viloyati o’rtasida hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish masalalari muhokama qilindi

×

 2024-08-27 17:22:11    715

PDF yuklash
Chop etish


Uchrashuvda Polsha va Farg’ona viloyati o’rtasida qishloq xo’jaligi, temir yo’l, bandlik, oliy ta'lim, turizm, AyTi, transport- logistika sohalarida hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish masalalari muhokama qilindi.

Dastlab viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg’onaning sanoat, investitsiya, qurilish, ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati haqida ma'lumot berdi.

Polshalik mehmonlar samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirib, yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik bayrami bilan muborakbod etishdi. "Polsha-Osiyo" savdo palatasi prezidenti Yanush Pexochinskiy viloyatimizga tashrif maqsadi qishloq xo’jaligi, temir yo’l, bandlik, oliy ta'lim, turizm, AyTi, transport- logistika sohalarida o’zaro hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish ekanligini ma'lum qildi. O’zbekiston, Farg’ona uchun Polsha, Skandinaviya mamlakatlari, Germaniya va boshqa g’arbiy YEvropaga koridor bo’lib xizmat qilishini ta'kidlab, Markaziy Osiyo-Xitoy transport logistikasini bog’lashini qayd etdi.

Tekstil, quritilgan meva va sabzavot mahsulotlarini Polshaga eksportini yo’lga qo’yishda, Varshava, Lodz, Krakov singari shaharlarda yirik eskportyorlarning Savdo uylarini ochish masalasi bo’yicha ham fikr almashildi.

Oltiariq tumanidagi "Hamza ekspo art tekstil" klasteri tomonidan Varshava shahrida Savdo uyi faoliyat ko’rsatayotganini qayd etgan Yanush Pexochinskiy, Polsha iqtisodiyotida ishlab chiqarish, qishloq xo’jaligi va xizmatlar ko’rsatish, shuningdek, avtomobil, maishiy texnika, kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish, axborot texnologiyalarining o’rni katta ekanligini qo’shimcha qildi. Farg’ona viloyati oliy ta'lim muassasalarida kadrlar tayyorlash, turizm va AyTi yo’nalishlarida ikki tomon uchun manfaatli hamkorlik aloqalarini o’rnatish zarurligi ta'kidlandi.

Janob Yanush Pexochinskiy Polshada bo’lib o’tadigan tekstil, turizm yarmarkalarida ishtirok etish uchun farg’onalik tadbirkorlarni ham taklif qildi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bildirilgan barcha yo’nalishlar bo’yicha hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi.

Delegatsiya a'zolari 2 kun davomida viloyatimizdagi ishlab chiqarish korxonalari, sanoat zonalari va oliy ta'lim muassasalarida bo’lishib, u yerdagi imkoniyatlar bilan yaqindan tanishadilar.


















































Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram