Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZOROV XITOYNING “XIAMEN MAOXING GROUP CO., LTD” KOMPANIYASI BOSHQARUV RAISI CHEN MAIKYUN BOSHCHILIGIDAGI KOMPANIYA VAKILLARI BILAN UCHRASHDI
2024-08-27 17:30:39 799
Unda qurilish, tibbiyot, ta'lim va energetika yo’nalishlarida hamkorlikni yo’lga qo’yish masalalari muhokama qilindi.
Samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirgan “Xiamen Maoxing Group Co., Ltd” kompaniyasi boshqaruv raisi Chen Maikyun, viloyatimizda qurilish, tibbiyot, ta'lim, energetika yo’nalishlarida investitsiya kiritish hisobiga ushbu yo’nalishlarda yangi loyihalarni amalga oshirish niyatida ekanligini ma'lum qildi.
Investorlar viloyatda amalga oshirilayotgan shaharsozlik ishlari bilan yaqindan tanishib, aholi uchun shinam va qulay ko’p qavatli uylar qurish, sanoat, ishlab chiqarish sohasida ham qurilishlar olib borishni rejalashtirayotganliklarini qayd etdilar.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoy kompaniyasi vakillarini bugun ulkan qurilish maydoniga aylangan Farg’onadagi Ekoshahar va Marg’ilon shahrida qurilish ishlari boshlangan "Yangi O’zbekiston" shaharchasi loyihalarida ishtirok etish taklifini bildirdi.
Shuningdek, “Xiamen Maoxing Group Co., Ltd” kompaniyasi tomonidan Farg’onada onkologiya kasalliklarnini davolash markazini tashkil etish, markaz uchun zarur bo’lgan texnikalarni Xitoydan olib kelish, mahalliy shifokorlar malakasini oshirish, aholi xonadonlari uchun qulay quyosh panellari ishlab chiqarish, Farg’onada til markazlari faoliyatini yo’lga qo’yish bilan bog’liq boshqa masalalar ham muhokama qilindi.
Viloyat hokimi bildirilgan har bir taklif viloyat uchun juda muhim ekanligini qayd etib, bu borada barcha zaruriy ko’mak berilishini ta'kidladi.
Uchrashuvda muhokama qilingan masalalar bo’yicha ikki tomon mas'ul mutaxassislari birgalikda ishlashi bo’yicha kelishib olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram