Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 131 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


TADBIRKORLAR ISH O’RINLARI YARATMOQDA

×

 2024-08-28 20:19:59    738

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov bilan birga bugun Farg’ona tumanidagi "Baxt tekstil Andijon" tikuvchilik korxonasida bo’lib, uning faoliyati bilan tanishdi.

Mazkur korxona o’tgan yil yakunida ishga tushirilgan, futbolka va boshqa qator tekstil mahsulotlari ishlab chiqariladi. 1,5 mln. dollar sarmoya kiritilib, Germaniya, Turkiya va Tailandning zamonaviy texnologiyalari o’rnatilgan. Sifatli mahsulotlarga bugun tashqi bozorda talab ortmoqda. Rossiyaning 5 ta kompaniyasi bilan shartnoma tuzilib, eksport qilinmoqda. Yil yakuniga qadar 825 ming dollarlik mahsulotlarni eksport qilish ko’zda tutilgan.

Ayni kunlarda korxonada 180 nafar xotin-qizlar mehnat qilmoqda. Bu yerda yana 170 ta bo’sh ish o’rni bor.

Viloyat hokimi tadbirkor Ravshan Yusupov bilan muloqot qilib, uning rejalari bilan qiziqdi. Shu joyda sektor rahbarlariga ish o’rni yaratayotgan tadbirkorni har tomonlama qo’llab-quvvatlash kerakligi aytildi. Eng asosiysi, korxonaning bo’sh ish o’rinlariga xotin-qizlarni ishga joylashtirish bo’yicha topshiriq berildi.

Keyingi manzilda Sayyora Tursunova tashabbusi bilan faoliyat ko’rsatayotgan tekstil mahsulotlari ishlab chiqarish tsexidagi ish jarayonlari bilan tanishildi. Ushbu tsexda 20 ta ish o’rni yaratilgan, mahsulotlar ichki bozorga sotilmoqda.

Viloyat hokimi yirik korxonalardan buyurtma olib, ishlab chiqarish hajmini oshirish, ish o’rinlarini ko’paytirish bo’yicha ko’rsatmalar berdi.

Xonqiz MFYda “G’ijduvon tajribasi” asosida vertikal o’sadigan sanoat binolari tashkil etilmoqda. Ushbu binolarda xonadonlarda tashkil qilingan, lekin kengayish imkoni bo’lmagan ishlab chiqarishlar uchun sharoitlar yaratilmoqda.

Xususan, Nazokat Isaqova turkiyalik hamkori bilan tikuvchilikka ixtisoslashgan yangi korxonani ishga tushirish harakatida. Hozirda ushbu korxonada 40 nafar xotin-qizlar ish faoliyati bilan band. Korxona to’la quvvatda ishga tushirilsa jami 150 ta ish o’rni yaratiladi.

Tadbirkorlar bilan muloqotda bo’lgan viloyat hokimi ularning ishlarini yuqori baholab, faoliyatlarini yanada kengaytirish hisobiga ish o’rnini ko’paytirish va sifatli eksportbop mahsulotlar sonini oshirish bo’yicha ko’rsatmalar berdi.










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram