Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 114 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA TUMANIDAGI "YANGI O’ZBEKISTON" MASSIVIDA QURILISH ISHLARINI JADALLASHTIRISH BELGILANDI

×

 2024-08-28 20:44:52    871

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg’ona tumanidagi o’rganishlari davomida “Yangi asr” MFY hududida barpo etilayotgan “Yangi O’zbekiston” massivida ham bo’lib, amalga oshirilayotgan qurilish ishlarining borishi bilan tanishdi.

Bugungi kunda ushbu massivda 30 ta 5-7 qavatli 1200 dan ziyod xonadonlar qurilishi rejalashtirilgan bo’lib, xozirgi kunda 7 ta uy-joylar foydalanishga topshirildi. Qolgan 23 ta ob'ektda qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.

Viloyat hokimi qurilish ishlari bilan tanishar ekan, tuman sektorlari rahbarlari va tuman hokimining qurilish masalalari bo’yicha o’rinbosari tomonidan massivdagi qurilish ishlariga yetarli darajada e'tibor qaratilmagani ma'lum bo’ldi. Qurilishlar sust olib borilayotganligi, qurilish shtabida ish tashkil qilinmagani, kunlik monitoring ishlari ham tashkillanmaganligi viloyat hokimi tomonidan keskin tanqid qilindi. Massivda shtab faoliyatini tiklash, har bir quruvchining kunlik qilingan ishlari doimiy monitoring qilib borilishi, uy-joy qurilishini tezlatish, bunda, albatta qurilish me'yorlari asosida ish olib borish kerakligi bo’yicha vazifalar yuklandi. Ko’p qavatli binolarning kirish qismlari, atroflarini obodonlashtirish, daraxt ekishga tayyorlash bo’yicha ham topshiriqlar berildi. Berilgan har bir topshiriq nazorat qilib borilishi tushuntirildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram