Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
VILOYAT HOKIMI FARG’ONA TUMANIDA YANGI AMALGA OSHIRILAYOTGAN INVESTITSIYAVIY LOYIHALAR BILAN TANISHDI
2024-08-28 21:10:20 729
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugun Farg’ona tumanidagi yangi ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishdi, tashabbuskor tadbirkorlar bilan loyihalarni kengaytirish va yangi ish o’rinlari yaratish masalasida muloqot o’tkazdi.
Novkat MFY hududida “Adiz Afruz Sanoat” MChJ tomonidan “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” Dasturi doirasida Afzal Abdusalomov tashabbusi bilan 2023 yilda yangi loyiha ustida ish boshlandi.
Korxona qurilishi uchun 7 mlrd. so’m sarmoya yo’naltirildi. Texnologiyalar Xitoydan keltirilib, hozirda test rejimida ishga tushirilmoqda. Ushbu korxonada Damas va Labo avtomobillari uchun 12 xil turdagi boshqaruv troslari ishlab chiqariladi. Noyabr oyida to’la quvvatda ishga tushirilishi rejalashtirilgan korxonada 90 ta ish o’rni yaratish ko’zda tutilgan. Viloyat rahbariga ishlab chiqarish jarayonlari, korxona faoliyati haqida ma'lumot berildi.
Tolibjon Abdurahimov tashabbusi bilan 40 sotix maydonda 200 ming dollar sarmoya kiritilishi hisobiga quruq mevalarni yuvish, qurutish va qadoqlashga ixtisoslashgan yangi korxona ishga tushirilmoqda. Mahsulotlar ichki bozorga shuningdek, asosan Turkiya davlatiga eksport qilinishi ko’zda tutilgan. Tadbirkor viloyat hokimini amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirib, kelgusi rejalari xususida ham ma'lumot berdi.
Yangi asr MFY hududida esa bazalt tola va sendvich panel ishlab chiqarish korxonasi faoliyati ko’zdan kechirildi.
2023 yilda ishga tushirilgan korxonada bazalt asosidagi issiqlik ushlovchi materiallar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Shuningdek, ishlab chiqarilgan bazalt tolasidan foydalangan holda sendvich panellar ham tayyorlanadi. Ishlab chiqariladigan mahsulot ichki bozor bilan birga, xorijga ham eksport qilinadi. Korxonada 60 ta yangi ish o’rni yaratilgan.
Hozirda korxonada isitish moslamasini ta'mirlash ishlari olib borilishi sabab korxona faoliyati vaqtincha to’xtatilgan, kelgusi oydan ushbu ta'mirlash ishlari yakunlanib, to’la quvvatda ishlash imkoniyati yaratiladi.
Bazalt tolasi qurilish sanoati korxonalari, kimyo, neft-gaz va elektr energiyasi sohalarida keng qo’llanadi. Yangi uy-joy qurilishida issiqlik ushlovchi materiallarning qo’llanishi energiya yo’qotilishini 50 foizga kamaytirishga yordam beradi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram