Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
EKOSHAHAR - “YANGI O’ZBEKISTON” MASSIVIDA ILK BOR MUSTAQILLIK TANTANALARI NISHONLANDI
2024-08-28 23:38:07 833
Farg’ona shahridagi Ekoshahar yangi amfiteatrida O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining o’ttiz uch yilligiga bag’ishlangan “Bir bo’lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostidagi viloyat bayram tadbiri bo’lib o’tdi.
Bayramni viloyat hokimi Xayrullo Bozorov kirish so’zi bilan ochib, barchani eng ulug’, eng qutlug’ ayyom - Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi.
So’nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida mustaqilligimiz yanada mustahkamlanganini, Yangi O’zbekistonni, Prezidentimizning islohotlarini dunyo e'tirof etayotganligini qayd etib, bu kabi ulkan ishlarga osonlik bilan erishilmayotganini, uning ortida oliyjanob xalqimizning fidokorona mehnati turganligini ta'kidladi. Xususan, Prezidentimizning tashabbusi bilan qisqa fursat ichida barpo etilgan Ekoshahar - "Yangi O’zbekiston" massivi ham ulkan bunyodkorlik namunasi bo’lganligini, aholi uchun munosib turmush sharoitlari yaratilayotganligini bildirdi.
Yaqinda Parij shahrida bo’lib o’tgan yozgi Olimpiada o’yinlarida farg’onalik ikki o’g’lonlar - Asadxo’ja Mo’ydinxo’jayev va Lazizbek Mullojonovning boks bo’yicha chempion bo’lib, oltin medalni qo’lga kiritgani tarixiy voqea bo’lganligini, Davlatimiz rahbarining farmoniga ko’ra yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlanganini mamnuniyat bilan e'tirof etdi.
Kuni kecha Vatanimiz mustaqilligining o’ttiz uch yilligi munosabati bilan e'lon qilingan Prezidentimizning farmonlari doirasida, Davlatimizning yuksak mukofotlari – orden va medallar bilan taqdirlangan 20 dan ziyod viloyatimiz vakillari yana bir bor olqishlar bilan qutlandilar.
Prezidentimizning joriy yil 11-12 iyul kunlari viloyatimizga qilgan tashrifi Farg’ona uchun yangi davrni boshlab berayotganligi, sohalar rivoji, aholi farovonligi uchun katta imkoniyatlar yaratilayotganligi qayd etildi.
Keyingi yetti yilda viloyatimizga qariyb 77 trillion so’mlik investitsiyalar jalb etildi, xorijiy davlatlarning nufuzli kompaniya va ishbilarmonlari bilan hamkorlikda yangi loyihalar ishga tushirildi. Bu yil viloyatimizda 1,3 milliard dollarlik mingdan ortiq loyiha amalga oshirilmoqda. Xorijiy investor va mahalliy tadbirkorlar tomonidan umumiy qiymati 7 milliard dollardan ziyod 132 ta loyiha shakllantirilgan bo’lib, amaliy ishlarga kirishildi. Shuningdek, viloyatda faoliyat yuritayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona soni 729 taga yetkazildi.
Xayrullo Bozorov ta'lim, tibbiyot, qishloq xo’jaligi, tadbirkorlik sohasida erishilayotgan natijalarni ta'kidlab, aholini ish bilan ta'minlash, daromadli qilish, farovonligini oshirish kabi vazifalarga e'tibor qaratdi. Bu kabi ishlarda barcha farg’onaliklar o’zining hissasini qo’shishligini, barcha sohalarda natijadorlik bo’lishini bildirdi.
Bayram tantanalari viloyat va respublika san'at ustalarining katta gala-kontserti bilan davom etdi. O’zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova, Gulsanam Mamazoitovaning vatanni madh etuvchi qo’shiqlari yanada bayramga fayz bag’ishladi.
Ekoshaharda ilk bor tashkil etilgan mustaqillik bayramining tarovati mushaklar salyuti bilan dillarga quvonch ulashdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram