Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
IJTIMOIY HIMOYA MILLIY AGENTLIGI FARG’ONA VILOYATI BOSHQARMASI BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
2024-08-29 18:31:59 959
Eng ulug’, eng aziz bayram – O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi arafasida Ijtimoiy himoya milliy agentligi Farg’ona viloyati boshqarmasi binosi foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan tashkillangan tantanali tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, boshqarma xodimlari, shahar va tumanlardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari hamda Agentlik tasarrufidagi muassasalar rahbarlari qatnashdi.
Viloyat hokimi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “ijtimoiy davlat barpo etish” g’oyasi ko’p millatli xalqimizning yakdil qo’llab-quvvatlashi bilan yangilangan Konstitutsiyada alohida tamoyil sifatida qayd etilgani, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish sifatini tubdan oshirish hamda mazkur sohaga ilg’or, xalqaro standartlarga asoslangan mutlaqo yangi boshqaruv tizimini joriy etish maqsadida olib borilayotgan islohotlar samarasi xususida so’z yuritdi.
Darhaqiqat, Davlatimiz rahbarining 2023 yil 1 iyunda qabul qilingan “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko’rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo’lga qo’yish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish, davlat tomonidan fuqarolarga ijtimoiy xizmat ko’rsatish ko’lami va turlarini kengaytirish uchun keng imkoniyatlar yaratilishiga huquqiy asos bo’ldi. Mazkur farmonga binoan, ijtimoiy sohani isloh qilish maqsadida avvallari 6 ta vazirlik tizimida tarqoq bo’lgan ijtimoiy xizmatlar birlashtirilib, 15 ta vazirlik va idoralarning ijtimoiy himoya sohasidagi vazifalari muvofiqlashtirildi.
Ta'kidlash lozim, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan dastlab 49 ta ijtimoiy xizmat va yordamlar ko’rsatish yo’lga qo’yilgan bo’lsa, ularning soni bugunga kelib 100 tadan ortdi. Kelgusi yildan yana yangi 23 ta ijtimoiy xizmatlar yo’lga qo’yiladi. Bu esa, viloyatimizda istiqomat qiluvchi 92 mingdan ortiq nogironligi bo’lgan shaxslar, qariyb 2,2 ming nafardan ziyod o’zgalar parvarishiga muhtoj yolg’iz keksalar, 16 mingdan ko’proq protez-ortopediya moslamalari va realibilitatsiya qilishning texnik vositalariga muhtojligi bo’lgan shaxslarga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan ko’rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko’lamini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Bayram arafasida foydalanishga topshirilgan binoda Farg’ona shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, viloyat tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi, shuningdek, Agentlik huzuridagi Ijtimoiy inspektsiyaning viloyat boshqarmasi ham joylandi.
Viloyat hokimi binoda xodimlar va fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Ijtimoiy xizmat va yordamlarni aholiga yanada yaqinlashtirish, ijtimoiy xodimlar faoliyatida samaradorlikni yanada oshirish yuzasidan mas'ullarga ko’rsatmalar berdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram