
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
FARG’ONA SHAHRIDA HAM TADBIRKORLAR KENGASHI TASHKIL ETILDI

2024-08-29 23:54:43 1098
Farg’ona shahridagi “Afrosiyob” majmuasida viloyat sektorlari rahbarlarining tadbirkorlar bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi. Shahardagi 120dan ziyod tadbirkorlar ishtirok etgan yuzma-yuz muloqotda taklif va muammolar eshitildi, murojaatlari tinglandi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tadbirkorlar taraqqiyotning yetakchi kuchi ekanligini ta'kidlab, Marg’ilonda boshlangan tajriba, ya'ni Tadbirkorlar kengashi Farg’ona, Qo’qon shahrida ham tashkil etilishini bildirdi. Ikki haftada bir tadbirkorlar bilan uchrashuv o’tkazilib, tizimli muloqotni yo’lga qo’yilishini ma'lum qildi.
- Biz ish o’rni yarataman, ishlab chiqarish qilaman degan har bir tadbirkorni qo’llab - quvvatlaymiz, unga ko’makdosh bo’lamiz. Ayniqsa, Farg’ona shahrida tadbirkorlik uchun katta imkoniyatlar bor, - dedi viloyat rahbari.
Kengash tadbirkorlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, mavjud muammolarga yechim izlash, sanoat va ishlab chiqarish tarmoqlarini yanada kengaytirish kabi ustuvor masalalarda yaqindan yordam beradi.
Viloyat hokimi har bir tadbirkor bilan yuzma-yuz muloqot qildi, loyihalari bilan tanishdi.
“Davr sales” MChJ qadoqlangan suv ishlab chiqarish, “Po’latxonov” MChJ sendvich panellari, “Teplo ideal” MChJ gaz plitalari va aristonlar ishlab chiqarish bo’yicha o’z loyihalari borligini, buning uchun joy kerakligini bildirdi.
Tadbirkorlik uchun yer olish, kredit, tabiy gaz, qo’shimcha elektr tarmog’iga ulanish kabi 70 dan ziyod tadbirkorlarning taklif va murojaatlari tinglanib, ijobiy hal etilishi bo’yicha tegishli mas'ullarga topshiriqlar berildi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram