Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 93 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


DAVLAT MUKOFOTLARI O’Z EGALARIGA TOPSHIRILDI

×

 2024-08-30 13:57:41    1106

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimiz mustaqilligining o’ttiz uch yilligi munosabati bilan Prezidentimiz farmonlariga ko’ra, Farg’ona viloyatidan 23 nafar hamyurtimiz ham davlatimizning yuksak mukofotlariga sazovor bo’ldi.

Bugun viloyat hokimligida mazkur mukofotlarni topshirish marosimi bo’lib o’tdi.

Tantanali tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov so’nggi yillarda mamlakatimizdagi islohotlar yangi bosqichga ko’tarilganligini, inson manfaati ulug’lanayotganligi, bu har bir yurtdoshimiz hayotida o’z ifodasini topayotganligini ta'kidladi.

Farg’onaliklar ham bugun barcha sohalarda yurt taraqqiyoti, farovonligiga munosib hissa qo’shib kelayotganligi aytib o’tildi. Davlatimiz rahbari tomonidan bayram arafasida bir guruh yurtdoshlarimizning davlat mukofotlari bilan taqdirlangani inson sha'ni, qadr-qimmati yuksak qadrlanishi, Vatan taraqqiyoti, sog’lom avlod tarbiyasi, yurt ravnaqi yo’lida fidoyilik ko’rsatayotgan insonlarning mehnati hech qachon e'tibordan chetda qolmasligining o’ziga xos namunasi ekanligi ta'kidlandi.

Tadbir davomida mukofotlanganlar - "Nuroniy" jamg’armasi Qo’qon shahar bo’limi raisi Manzur Abdullayev, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Ismoil Mahmud, Farg’ona politexnika instituti professori Rasuljon Tojiyev so’zga chiqib, o’zlarining kamtarona mehnatlari davlatimiz, Prezidentimiz tomonidan yuksak e'tirof etilganini qayd etib, o’z minnatdorchiligini bildirdi.

Shuningdek, tadbir davomida Qo’qon shahridagi ta'lim muassasalarini yangi o’quv yiliga tayyorlash va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, bunyodkorlik ishlariga qo’shgan hissasi uchun vazirlik, qo’mita va tashkilotlarning bir guruh vakillari viloyat hokimligining tashakkurnomasi va sovg’asi bilan taqdirlandi.














Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram