Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Avgust 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 64 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


109 YOSHLI SHAHRI MOMOGA DAVLAT MUKOFOTI TOPSHIRILDI

×

 2024-08-30 14:19:31    1419

PDF yuklash
Chop etish


Prezidentimiz farmoniga ko’ra, Vatanimiz mustaqilligining o’ttiz uch yilligi arafasida yuz yoshdan oshgan bir guruh nuroniylar “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi. Ular orasida viloyatimizdan Oltiariq tumanilik Shahri momo Teshaboyeva ham bor.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Zilxa mahallasida yashovchi 109 yoshli Shahri momo xonadonida bo’ldi.

Shahri momo 1915 yilda Zilxa qishlog’ida tug’ilgan. Onaxon turmush o’rtog’i Dehqonboy ota Teshaboyev bilan 3 o’g’il, 3 qizni tarbiyalab, uyli-joyli qildi. Bugun 27 nafar nevara, 50 nafardan oshiq chevara ardog’ida umrguzaronlik qilayotgan Shahri momo hayotidan mamnun.

Viloyat hokimi onaxonga davlatimiz rahbari nomidan "Shuhrat" medali va bayram tuhfalarini yaqinlari davrasida topshirdi.

Dorilamon kunlar shukronasi, tinchlik-osoyishtalik ne'mati haqida suhbatlashildi. Onaxon duoga qo’l ochib, tinchligimizga ko’z tegmasin, xalqimizning boshi omon bo’lsin, ezgu ishlar boshida turgan Prezidentimizga kuch-quvvat bersin, - deya duo qildi.




























Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram