Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 93 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


POLSHA VA FARG’ONA VILOYATI O’RTASIDA QATOR SOHALARDA HAMKORLIK YO’LGA QO’YILADI

×

 2024-08-30 19:26:00    969

PDF yuklash
Chop etish


Xabar berganimizdek, joriy yilning 27-30 avgust kunlari "Polsha-Osiyo" savdo palatasi prezidenti Yanush Pexochinskiy boshchiligidagi delegatsiya qishloq xo’jaligi, bandlik, oliy ta'lim, turizm, AyTi, transport-logistika sohalarida hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish maqsadida viloyatimizda bo’ldi.

Mehmonlar tashrif doirasida Oltiariq tumanidagi "Hamza Expo Art Textil" klasterida mahalliy paxta xom ashyosini qayta ishlash jarayoni bilan tanishgan bo’lsa, "Xayrullo Baxrom Boymatov" fermer xo’jaligida uzumchilik kooperatsiyasi, "IHLOS ASB" MChJda meva-sabzavotlarni quritish va qadoqlash, "NIRT FRUIT" fermer xo’jaligida uzum va mevalarni saqlash va YEvropa bozorlari talabi asosida qadoqlash, "VINEYARDS VALLEY" MChJda esa qishloq xo’jaligi mahsulotlarini Italiya texnologiyalari asosida qadoqlash va eksport qilish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

“Qo’qon” EIZ direktsiyasida EIZ ishtirokchi korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko’rgazmasi tashkil qilindi. “Qo’qon” EIZ ishtirokchi korxonalar raxbarlari hamda polshalik tadbirkor va ish bilarmonlardan iborat rasmiy delegatsiya o’zaro fikr almashishdi. Istiqbolli hamkorlik yo’nalishlari bo’yicha B2B uchrashuvlari o’tkazildi.

"Polsha-Osiyo" savdo palatasi tomonidan uchrashuv davomida "KOKAND BICYCLES" MChJ korxonasi tomonidan ishlab chiqariliyotgan velosiped va elektroskuterlar hamda "Vicor metan" MChJ korxonasi tomonidan ishlab chiqariliyotgan metan va propan gaz balon mahsulotlarni Polshada Savdo uyi tashkil qilgan holda ushbu maxsulotlar sotuvini tashkil etish taklifi bildirildi.

Shuningdek, sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Sadaf Sut” oilaviy korxonasi va Polshada sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar o’rtasida o’zaro tajriba hamda kadrlar almashgan holda ularning malakasini oshirish taklifi ham ilgari surildi.

Rishton tumanida "Kosto Line Holding" xorijiy korxonasida paxta xomashyosini qayta ishlab, undan tola, kalava, mato va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish jarayoni ko’zdan kechirildi.

"Mingboshi keramik" kulolchilik muzeyida bo’lgan polshaliklar, kulolchilik mahsulotlari bilan tanishish bilan birga tayyorlash jarayonlarini ham maroq bilan tomosha qilishdi.

"Chinor plyus" majmuasida “Polsha-Osiyo” savdo palatasi prezidenti Yanush Pexochinskiy va tuman hokim Bahodir Xoliqov o’rtasida Polsha davlatida Savdo uyi ochish bo’yicha kelishuvlar olib borildi, o’zaro xamkorlik qilish maqsadida memorandum imzolandi.

Farg’ona shahridagi viloyat teatr-kontsert saroyida mehmonlar uchun viloyatda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko’rgazmasi tashkil etildi. Mahalliy tadbirkorlar o’rtasida qator yo’nalishlarda hamkorlikni yo’lga qo’yish bo’yicha B2B uchrashuvlar ham bo’lib o’tdi.

Shuningdek, Farg’ona viloyati va Polsha davlatidagi yetakchi universitetlar o’rtasida hamkorlikni yo’lga qo’yish, birgalikda ilmiy grantlarni amalga oshirish va ko’plab ikki tomon uchun manfaatli bo’lgan ilm-fan hamda kasbiy sohadagi takliflar ko’rib chiqildi. Bandlik va mehnat migratsiyasi sohasida ham hamkorlikni yo’lga qo’yish bo’yicha muzokaralar olib borilib, hamkorlik shartnomalari imzolandi.

Mehmonlarga viloyat hokimining o’rinbosari Nuriddin Mamajonov hamrohlik qildi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram