
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
MUSTAQILLIK BAYRAMI EKOSHAHARDAGI YANGI UYLARDA NISHONLANMOQDA

2024-08-31 08:16:58 982
Mustaqilligimizning o’ttiz uch yilligi bayrami arafasida Farg’ona viloyati bo’yicha Milliy gvardiya boshqarmasining bir guruh harbiy xizmatchilariga Farg’onadagi Ekoshahar – “Yangi O’zbekiston” massivida bunyod etilgan 7 qavatli uylardan xonadonlar topshirildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat sektorlari rahbarlari, harbiy xizmatchilar va ularning oila-a'zolari ishtirok etdi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov yangi uylar harbiy xizmatchilar uchun bayramga munosib tuhfa bo’lganligini ta'kidladi. Prezidentimizning tashabbusi bilan barpo etilgan Ekoshahar ulkan bunyodkorlik namunasi bo’lganligini, bu yerda yashashning gashti boshqacha ekanligiga e'tibor qaratdi. Yangi uy egalariga ezgu tilaklar bildirildi.
Farg’ona viloyati bo’yicha Milliy gvardiya boshqarmasining 30 nafar harbiy xizmatchilariga yangi xonadonlar kalitlari tantanali topshirildi. Yangi xonadonga ko’chib kirayotgan oilalar vakillari so’z olib, harbiylarga e'tibor va rag’bat uchun Prezidentimizga o’z minnatdorchiliklarini bildirdilar.
Tadbir ishtirokchilari xonadonlarda bo’lib, bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi va yangi uylar sohiblari bilan muloqotda bo’ldi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram