
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
OLTIARIQDA XUSUSIY TIBBIYOT MUASSASASIDA YUZDAN ORTIQ ISH O’RNI YARATILDI

2024-08-31 13:40:09 1111
Mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi bayrami munosabati bilan Oltiariq tumanida ta'lim va tibbiyot, tadbirkorlik, qurilish, mahallalar infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan o’nga yaqin loyihalar foydalanishga topshirilmoqda.
2020 yili “Navoiy” MFY hududida faoliyat boshlagan “O’ktam” xususiy tibbiyot muassasasida dastlab 21 ta ish o’rni yaratilib, 40 nafar bemor yotib davolanishi hamda kuniga 100 nafar bemorda tibbiy–diagnostik tahlillar o’tkazish uchun qulay sharoitlar muhayyo etilgandi. Davr talabi va ehtiyoji asosida viloyat hokimligining ko’magida muassasa faoliyatini yanada kengaytirish uchun qo’shimcha ko’p qavatli bino bunyod etilib, har kuni 200 nafar bemorni tibbiy ko’rikdan o’tkazish hamda bir paytning o’zida 150 nafar bemor yotib davolanishi uchun zamonaviy qulayliklar yaratildi.
Yangi binoning foydalanishga topshirilishi oltiariqliklar uchun mustaqillik bayramiga munosib tuhfa bo’ldi.
Tantanali tadbirda ishtirok etgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bu kabi ezgu tashabbuslar yurtimizda “Inson qadri ulug’” tamoyili asosida hayotga tatbiq etilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida e'tirof etdi. Bu borada qulay tadbirkorlik muhiti yaratish, tadbirkorlar faoliyatini har tomonlama qo’llab–quvvatlash doimiy e'tiborda bo’lishini ta'kidlab, yangi ish o’rinlari yaratayotgan, oilalarni daromadli qilayotgan tadbirkorlar katta kuch ekanligini qayd etdi.
Xususan, tadbirkor Dilshod Karimov tomonidan mahalladagi bo’sh turgan binoda zamonaviy tibbiyot klinikasi tashkil etilib, 8,5 mlrd. so’m mablag’ sarflandi. O’z navbatida tadbirkor davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “20 ming tadbirkor 500 ming malakali mutaxassis” dasturida faol ishtirok etish istagini bildirgani uchun unga 3 mlrd. so’m imtiyozli kredit berildi. Zamonaviy tibbiy jihoz va asbob–uskunalar sotib olinishi uchun Biznesni rivojlantirish banki tomonidan 1,5 mlrd. so’m miqdorida imtiyozli kredit ajratilishi ta'minlandi.
Ayni paytda muassasada 100 nafar oliy va o’rta tibbiyot xodimlari tomonidan 30 dan ortiq sifatli hamda malakali tibbiy xizmatlar ko’rsatish faoliyati yo’lga qo’yilgan.
Mehmonlar tibbiyot maskanida yaratilgan sharoitlarni ko’zdan kechirdi, aholi salomatligini mustahkamlash borasida olib borilayotgan tadbirkorning loyihasini yuqori baholashdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram