Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
MARG’ILONLIK TASHABBUSKOR TADBIRKORLAR YANGI LOYIHALAR TAQDIMOTINI O’TKAZDI
2024-08-31 19:50:57 861
Bugun Marg’ilon shahridagi “Oltin vodiy” MChJning sifatli metall mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasida navbatdagi tadbirkorlar qabuli bo’lib o’tdi.
Dastlab viloyat hokimi Xayrullo Bozorov shu joyda tashabbuskor tadbirkorlarning loyihalari natijadorligi bilan tanishdi.
Ko’rgazmada sutni qayta ishlash, qandolat mahsulotlarini xorijbop, ixsham ko’rinishda qadoqlanishi, tekstil mahsulotlarini xorijga eksport qilayotgan tadbirkorlar ishiga omad tilandi. Eksport salohiyatini oshirish bo’yicha tavsiyalar berildi. Tadbirkorlarga ish o’rnini ko’paytirish va bu borada hokimlik tomonidan ko’mak berilishi ham aytildi.
Marg’ilonlik 20 dan ortiq tadbirkorlar ishtirokida o’tkazilgan muloqotda “Yangi O’zbekiston” massivi va shahar hududidagi sanoat zonalariga joylashtirish rejalashtirilayotgan qator yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishildi.
Yosh tadbirkor Abdulloh Shamsuddinov yangi massivda loyiha qiymati 4,5 mln. dollar bo’lgan, 1800 o’rinli maktab, kollej va bog’cha qurish bo’yicha ishlab chiqilgan loyiha bilan tanishtirgan bo’lsa, Muhammadjon G’aniyev massiv hududida 2 mlrd. so’m bo’lgan restoran, sanoat zonasida esa 1,1 mlrd.so’m bo’lgan qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasini joylashtirish bo’yicha takliflarni ilgari surdi.
Abduvohid Rizayev esa shahar hududida 5 ta 7 qavatli turar-joy binosi shundan 1-2 qavatlar savdo markazi, yer osti va yer usti avtoturargohlar, uch yulduzli mehmonxona va 100 o’rinli bog’cha qurishga kirishgan. Ushbu inshootlarni qurilishini jadallashtirish bo’yicha bank krediti so’rab qilgan murojaati ham o’rganib chiqilib, tegishli yordam qilinadigan bo’ldi.
Bildirilgan har bir takliflar bo’yicha birgalikda ishlashga kelishildi, murojaatlarga yechim belgilash yuzasidan esa mas'ullar biriktirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram