Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 98 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


QUTLUG’ BAYRAMDA ORZULAR USHALDI

×

 2024-09-01 15:03:50    866

PDF yuklash
Chop etish


Davlatimiz mustaqilligining 33 yillik bayrami arafasida viloyatimizdan 10 nafar fuqaroligi bo’lmagan shaxslar Prezidentimizning farmoniga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi.

Viloyat hokimligida ularga identifikatsion karta (ID-karta)lar tantanali topshirildi.

Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Prezidentimizning tashabbusi bilan minglab insonlarning vatanli bo’lish, O’zbekistonda teng huquqli yashash, o’z uyida doimiy ro’yxatdan o’tish niyati amalga oshganligini qayd etib, bugun ular baxtiyor kayfiyatda yurtimiz taraqqiyoti yo’lida mehnat qilayotganligini ta'kidladi. O’zbekiston fuqaroligiga qabul qilinganlarni hayotlaridagi muhim kun bilan tabriklab, yurtimiz ravnaqi yo’lida yanada fidoyilik bilan mehnat qilishlariga ishonch bildirildi.

Prezidentimizning tegishli farmonlariga asosan 2016 yildan 2024 yilning avgust oyiga qadar Farg’ona viloyati hududida doimiy yashovchi 3390 nafar fuqaroligi bo’lmagan shaxslar O’zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan. 2020 yil 13 martda O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi to’g’risida”gi Qonuni qabul qilinib, unga asosan fuqaroligi bo’lmagan shaxslarni belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan olish instituti joriy qilindi. Unga asosan 5413 nafar Farg’ona viloyati hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo’lmagan shaxslar O’zbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan olindi.

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lganlar nomidan so’zga chiqqanlar bunday yuksak insoniy e'tibor uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi.



































Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram