Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
XORIJIY INVESTITSIYALAR HAJMI OSHMOQDA
2024-09-03 11:41:56 546
Farg’ona shahrida "Septic Eco Water" MChJning loyihasi doirasida birinchi bosqich amalga oshirilib, oqova suv tizimini filtrlash jamlanmasini ishlab chiqarish korxonasi ishga tushirildi. Buning uchun 2 mln. dollar xorijiy investitsiya jalb etildi, 135 ta yangi ish o’rni yaratildi. Bu yerda yiliga 2496 ta dastgoh ishlab chiqarilishi ko’zda tutilgan.
Rossiya texnologiyalari va hamkorligi asosida tashkil etilgan “Septic Eco Water” ning asosiy maqsadi ekologiyaga zarar yetkazmaydigan, kam quvvat sarflaydigan oqova suvlarni qayta ishlash dastgohlarini ishlab chiqarishdir. Yil yakuniga qadar mazkur jamiyat tomonidan loyiha doirasida yana 24,5 mln. dollar qiymatidagi xorijiy investitsiya olib kirish rejalashtirilgan.
Tantanali ochilish marosimida viloyat hokimining o’rinbosari Nuriddin Mamajonov, korxona ta'sischilari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram