Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 138 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA “REGISTON” XUSUSIY MAKTABI OCHILDI

×

 2024-09-03 21:40:48    892

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg’ona shahrida faoliyatini boshlagan “Registon” xususiy maktabining tantanali ochilish tadbirida ishtirok etdi.

Ochilish tadbirida so’z olgan viloyat hokimi yangi o’quv maskani farg’onalik yoshlar uchun haqiqiy bilim dargohiga aylanishiga, pedagogik jamoa faoliyati omadli va muvaffaqiyatli bo’lishiga ishonch bildirdi. Viloyatda ta'lim sifatini oshirish, ilg’or tajribalarni ommalashtirish borasidagi ishlarda o’qituvchilarning xizmati katta ekanligini qayd etib, nodavlat ta'lim muassasalarining o’rni ham tobora oshib borayotganligini ta'kidladi.

Ayni kunda viloyatimizda 85 ta nodavlat ta'lim muassasalari faoliyat ko’rsatayotgan bo’lib, ularda qariyb 17 mingga yaqin o’quvchi tahsil olmoqda. Joriy yilda yana 21 ta xususiy maktab tashkil etilishi rejalashtirilgan.

“Soy bo’yi” MFY hududida joylashgan ushbu maktab 2024–2025-o’quv yilidan boshlab viloyatimizda 500 nafar 1-11-sinf o’quvchilari bilan ilk faoliyatini boshladi. Bu yerda matematika, ingliz tili, IT yo’nalishlari chuqurlashtirilib o’qitiladi.

Loyiha doirasida 40 mlrd. so’m mablag’ jalb etilib, ta'lim muassasasi bugungidek ko’rkam qiyofaga keltirildi. Zamonaviy bilim dargohi 812 o’ringa mo’ljallangan bo’lib, 5 qavatli binoda 55 ta sinf xonasi, kutubxona, stadion, faollar zali hamda oshxona mavjud.

Ramziy lenta qirqilib, viloyat rahbarlari va mehmonlar ta'lim muassasasida o’qituvchi va o’quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram