Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
LOLAXON MUROTOVANING MUNOSIB IZDOSHLARI KAMOL TOPADI
2024-09-04 14:23:41 650
Farg’onadagi Ekoshaharda Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo etilgan Lolaxon Murotova nomidagi qishloq xo’jaligiga ixtisoslashgan kasb-hunar maktabida «Bir bo’lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!» shiori ostida tashkil etilgan “Birinchi qo’ng’iroq” tadbiri ko’tarinkilik bilan tashkil etildi.
Tantanali tadbirda so’z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov barchani yangi o’quv yili va zamonaviy qiyofa kasb etgan kasb-hunar maktabi bilan tabrikladi. Mamlakatimizda sifatli ta'limga qaratilayotgan e'tiborning zamirida yoshlarning ilm olishi, kasb-hunar o’rganishlari turganligini qayd etdi.
Lola Murotova O’zbekiston Qahramoni, O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan qishloq xo’jaligi xodimi, “El-yurt hurmati” va “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari sohibasi bo’lgan.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Qahramon opa nomidagi mazkur kasb-hunar maktabi tashkil etilib, o’quvchilarni qabul qildi. Prezidentimiz yaqinda viloyatimizga tashrifi chog’ida maktab faoliyati bilan tanishdi, o’quv jarayonini takomillashtirish bo’yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Prezidentimiz ta'kidlaganidek, Lola opa o’zbek ayolining nimalarga qodirligini ko’rsatdi, shu bilan birga, juda kamtar va soddadil edi. Fidokorligi, mehnatsevarligi bilan yurtimiz rivoji va obodligiga katta hissa qo’shgan edi. Bu jihatlar yoshlarga o’rnak bo’lishi, ular kasbni yaxshi o’rganishi kerak.
Tadbirda bu alohida e'tirof etilib, Lola Murotovaning xotirasini abadiylashtirish, boy tajribani yoshlarga yetkazish, qishloq xo’jaligida o’rta bo’g’in kadrlarini tayyorlash maqsadida ushbu ta'lim dargohi tashkil etilgani ta'kidlandi.
Viloyat hokimi mazkur ta'lim maskaniga xorijdan qishloq xo’jaligi sohasining malakali, tajribali mutaxassislarni, olimlarni jalb qilinishini, shuningdek, maktabning o’qituvchilari rivojlangan davlatlarda tajriba almashishga yuborilishini ma'lum qildi.
Kasb-hunar maktabi 480 o’ringa mo’ljallangan bo’lib, 7 ta yo’nalishda kadrlar tayyorlanadi. O’ttizdan ortiq auditoriyalar, yettita laboratoriya, kompyuter xonalari, faollar zali va muzey barpo etilgan. Shuningdek, 150 o’rinli turar joy, sport zali, mini-futbol maydonchasi, ustaxona, issiqxona va mashg’ulotlar uchun avtodrom o’quvchilar ixtiyorida bo’ladi.
Xayrullo Bozorov Mustaqillik darsida ishtirok etib, o’quvchilarga mamlakatimizda so’nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar xususida ma'lumot berdi. Faqatgina bilim va ta'lim insonga hayotda eng katta kuch bo’lishini qayd etib, yangi kasb-hunar maktabining ilk o’quvchilariga ezgu tilaklar bildirdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating