Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 101 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


NODAVLAT TA'LIM MASKANLARI KO’PAYMOQDA

×

 2024-09-04 15:56:51    858

PDF yuklash
Chop etish


Viloyatimizda yangi o’quv yilida ko’plab nodavlat ta'lim muassasalari tashkil etilib, o’z faoliyatini boshladi. Bu esa ta'lim sifati va samaradorligini yanada yaxshilanishiga xizmat qilmoqda.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg’ona shahrida ish boshlagan “Rahimov School” xususiy maktabida bo’lib, o’quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdi.

Xususiy maktab rahbari Abdulloh Shamsutdinov maktabda amalga oshirilgan ishlar bo’yicha ma'lumot berdi.

Mazkur maktabga 20 mlrd. so’m yosh tadbirkorning o’z mablag’i yo’naltirildi. 300 o’ringa mo’ljallangan ushbu maktab Mustaqillik bayrami arafasida tantanali ochildi.

Viloyat hokimi Marg’ilon shahridagi "Ziyrak" xususiy maktabida ham bo’ldi, mazkur maktab 400 o’rinli bo’lib, bo’sh turgan binoda 10 mlrd. so’m mablag’ evaziga tadbirkor Abdulfattox Nurmatov tomonidan bunyod etildi.

Yangi ochilgan maktab jamoasini tabriklagan viloyat hokimi, sifatli ta'lim-tarbiya berish eng muhim ustuvor vazifa ekanligiga to’xtaldi. Xususiy maktablarda o’quvchilar uchun yetarli sharoitlar yaratilayotganligini qayd etib, bilimli, ma'rifatli, yuksak salohiyatli yoshlarni tarbiyalashda muvaffaqiyatlar tiladi.

Ushbu yangi maktabga qabul qilingan o’quvchilarga ham "Prezident sovg’alari" topshirildi, shundan so’ng maktabda yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram