Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 227 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


TADBIRKOR MEBEL ISHLAB CHIQARISH TARMOG’INI KENGAYTIRMOQDA

×

 2024-09-04 17:51:21    697

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov bilan birga Marg’ilon shahridagi “Nadirmat” kichik sanoat zonasida tashkil etilgan mebel ishlab chiqarish korxonasi va sotuv bo’limi faoliyati bilan tanishdi.

Tadbirkor Ilhomjon Mirzaahmedov rahbarligidagi "ILHOME" korxonasi bugungi kunda buyurtma asosida mijozlarga yuqori sifatli mebel xom ashyolari va mahsulotlarini yetkazib bermoqda. Bu yerda yuzdan ortiq yoshlar ish bilan band. Viloyat rahbari bundan bir yil oldin uning faoliyati bilan tanishib, zamonaviy ko’rgazma zali, sotuv bo’limini tashkil etish, korxona faoliyatini kengaytirish bo’yicha taklif bergandi. Tadbirkor tomonidan taklif inobatga olinib, zamonaviy mebel ishlab chiqarishda foydalanadigan xom ashyolar uchun ko’rgazma zali, sotuv bo’limi bunyod etildi. Xitoydan zamonaviy dastgohlar olib kelindi, yangi 24 ta ish o’rni yaratildi.

Ixcham va zamonaviy bu joyda korxonaning mahsulotlari o’rin olgan. Mijozlar shu yerning o’zida xom ashyolarni tanlab, buyurtma qilishlari mumkin. Viloyat rahbari tadbirkor bilan suhbatda bu yerda yana bir qator qulayliklar yaratish hamda viloyatimizning boshqa hududlarida ham shunday ixcham konstruktsiyali korxonalarni tashkil etish bo’yicha takliflarini berdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram