Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 159 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


#TA'LIM

×

 2024-09-04 22:38:31    642

PDF yuklash
Chop etish


Prezident topshirig’iga binoan Farg’ona politexnika institutida energetika sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy ta'lim muassasalarida o’quv jarayonini dual ta'lim shaklida tashkil etishga qaratilgan malaka oshirish kursi bo’lib o’tmoqda.

Mamlakatimizda energiya resurslariga talab yildan yilga oshib bormoqda. Bunga mos ravishda yangi stantsiyalar qurilib, manbalar ko’paytirilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev 27 avgust kuni energiya tejamkorligini ta'minlash, muqobil quvvatlardan foydalanishni kengaytirish masalalari muhokamasi bo’yicha yig’ilish o’tkazdi. Farg’ona politexnika instituti olimlari tomonidan Farg’ona tumanidagi yirik ob'ektlarning elektr iste'moli o’rganilib, ilmiy-texnik asoslangan tahlillar berilgani ta'kidlandi. Shu bilan birga, energetika sohasi uchun kadrlar tayyorlaydigan oliy ta'lim muassasalari oldiga hududlarda elektr energiyasidan samarali foydalanish bo’yicha tahliliy, ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga doir topshiriqlar berildi.

Topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida, institutda joriy yilning 4-5 sentyabr kunlari energetika sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy ta'lim muassasalarida o’quv jarayonini dual ta'lim shaklida tashkil etishga qaratilgan 16 soatlik (oflayn) malaka oshirish kursi bo’lib o’tmoqda.

Unda respublikamizdagi energetika sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy ta'lim muassasalarining 50 nafardan ortiq kafedra mudir va professor-o’qituvchilari hamda hamkor tashkilot vakillari qatnashmoqda.

Anjumanda so’zga chiqqanlar hozirda yurtimizda energetika sohasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda sohadagi muammolarga ilmiy yechim topishga alohida e'tibor qaratish zarurligini alohida ta'kidladi.










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram