Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 224 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


BO’ZATOVDA YANGI LOYIHALAR ISHGA TUSHIRILADI

×

 2024-09-05 09:20:42    653

PDF yuklash
Chop etish


Viloyatimizga biriktirilgan Qoraqalpog’istonning Bo’zatov tumanida "Farg’ona tajribasi" asosida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

2024-2025 yillarda qiymati 66,3 mlrd. so’mlik investitsiya loyihalari amalga oshirilib, 44 ta tadbirkorlik sub'ektlarini tashkil etish, mingdan ziyod yangi ish o’rinlarini yaratish belgilangan. Joriy yilning o’tgan davrida qishloq xo’jaligi, sanoat, xizmat ko’rsatish yo’nalishlarida 18 ta loyiha ishga tushirildi.

Viloyat hokimligi tomonidan ayni kunlarda Sayxunobod, Uychi, Zarbdor va G’ijduvon tajribalari asosida tumanda aholini band qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish, kambag’allikni qisqartirish bo’yicha amaliy ishlar olib borilyapti.

Viloyat hokimining birinchi o’rinbosari Xabib Sirojitdinov rahbarligida viloyat mutasaddilaridan iborat guruh ayni damda Bo’zatovda bo’lib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha ishlarga ko’mak beryapti.

Xabib Sirojitdinov viloyat hokimligi tomonidan barpo etilgan 15 gektarlik uzumzorda bo’lib, ish jarayonlari bilan tanishdi. Ushbu uzumzor tag qismidan ham unumli foydalanish maqsadida tarvuz ekilgan.

Shu joyda viloyat hokimining birinchi o’rinbosari bu yerga mas'ul bo’lgan viloyatimiz vakillari bilan topshiriqlar ijrosi bo’yicha muloqot o’tkazdi.

"Farg’ona Bo’zatov Beshariq dehqonlari" MChJ dala maydonidagi 4 gektar maydonga ekilgan piyozlarni yig’ishtirib olish jarayoni ham ko’zdan kechirildi. Bu yerda bandligi ta'minlanayotgan mahalliy aholi vakillari bilan suhbatlashildi.

Tumanda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini o’z vaqtida ishga tushirish, har bir mahallani o’sish nuqtalarini aniqlab, oilalarni daromadli qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish borasida mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram