
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZOROV TÜGİAD – TURKIYA YOSH ISHBILARMONLARI UYUSHMASI VAKILLARINI QABUL QILDI

2024-09-05 14:02:31 769
Ma'lumki, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg’ona viloyati delegatsiyasi joriy yil iyul oyida amaliy tashrif bilan Turkiyada bo’lib, Istanbulda TÜGİAD – Turkiya yosh ishbilarmonlari uyushmasi rahbariyati hamda a'zolari bilan uchrashgandi.
Samarali o’tgan uchrashuvda viloyatimiz hududida metallurgiya, tibbiyot, raqamli ta'lim, mebelsozlik sohalarida investitsion loyihalarni amalga oshirish bo’yicha dastlabki kelishuvlarga erishilib, Turkiya yosh ishbilarmonlari uyushmasining O’zbekistonda vakolatxonasini ochish bo’yicha ham hamkorlikda ish tashkil etilishi belgilangandi. Tashrif doirasidagi chora-tadbirlar asosida amaliy ishlarga kirishildi.
Bugungi uchrashuvda ushbu kelishuvlar ijrosi doirasida viloyatimizda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar va loyihalar muhokama etildi.
Xayrullo Bozorov viloyatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash doimiy e'tiborda ekanligini, xususan, hududlarda Tadbirkorlar kengashlari tashkil etilayotganini, bu ishda xalqaro hamkorlik muhim o’rin tutishini alohida ta'kidladi. Viloyatimizdagi amalga oshirishilishi rejalashtirilayotgan loyihalar xususida ma'lumot berildi.
Mehmonlar Ekoshahar, “Qo’qon” erkin iqtisodiy zonasi hamda bir qator korxonalarda bo’lib, viloyatimizning iqtisodiy-investitsiyaviy salohiyati bilan tanishmoqdalar.
Turkiya bo’ylab qurilish, tekstil, tashqi savdo, avtomobilsozlik, mashinasozlik, metallurgiya, turizm, oziq-ovqat sanoati, mebel sanoati kabi 60 dan ziyod sektorda faoliyat olib borayotgan 1000 nafardan ziyod 35 yoshgacha bo’lgan yosh ishbilarmonlarni birlashtirgan TÜGİAD uyushmasiga a'zo kompaniyalarning yillik aylanmasi 60 mlrd. dollardan, yillik umumiy eksporti hajmi 36 mlrd. dollardan oshadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram