
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
SARMOZOR - ISHSIZLIKDAN XOLI HUDUD

2024-09-06 21:19:53 1013
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov bilan birgalikda Qo’shtepa tumanida bo’lib, aholi bandligini ta'minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, kambag’allikni qisqartirish borasida mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Sarmozor MFYda qariyb 7 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Bu yerda tadbirkorlik rivojlangan bo’lib, hunarmandchilik, poyabzal ishlab chiqarish, mebelsozlik, issiqxona mahallaning asosiy drayveriga aylangan. Joriy yilda 2-sektor va mahalla yettiligi tomonidan 50 ta kichik va mikroloyihalar dasturi ishlab chiqilgan. Shu yilning o’tgan davrida 37 ta loyiha ishga tushirildi, 560 ta ish o’rni yaratildi. Yil yakuniga qadar yana 13 ta loyihalar ishga tushiriladi. Muhimi, mahalla ishsizlikdan xoli, tadbirkorlik rivojlanayotgan hudud bo’ldi.
O’rganishlar davomida mahalladagi 6 ta ob'ektlar bilan tanishildi. Viloyat hokimi “Sharq ravon” MChJning faoliyati bilan tanishib, yangi mahsulotlarni ko’zdan kechirdi. Bu yerda tayyorlanayotgan poyabzal mahsulotlari sifati va hamyonbopligi bilan xaridorgir. Ayni kunlarda 200 dan ortiq mahalliy aholi ish bilan band. Tadbirkor Jahongir Abdujalilovning sa'y-harakati bilan poyabzal uchun zarur bo’ladigan xom ashyolar to’liq mahalliylashtirildi. 1,5 mln. dollarlik mablag’ sarf etilib, granulalarni ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Bu yerdagi mahsulotlar xorijnikidan aslo qolishmaydi.
Xayrullo Bozorov tadbirkor bilan suhbatda tarmoqni yanada kengaytirish, mahsulotlar eksportini yo’lga qo’yish zarurligini bildirdi.
“M.R. Tex” qo’shma korxonasida trikotaj mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Bu yerda ham 100 dan ziyod xotin-qizlar uchun ish o’rni yaratilgan. Viloyat rahbari korxonadagi ish jarayonini ko’zdan kechirdi. Mahalladagi “Malika poyabzallari” MChJda poyabzallar tayyorlanmoqda. 40 nafar yoshlar ish bilan ta'minlangan. Tadbirkor bilan muloqotda ishlab chiqarish hajmini oshirish, mahsulotlar turini ko’paytirish bo’yicha takliflar berildi.
Viloyat rahbari mazkur mahallada yaqinda ish boshlagan mebel ishlab chiqarish hamda sut va yog’ mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasida ham bo’ldi. Tadbirkorlarning rejalari bilan qiziqdi. Mahalla yettiligiga har bir oilani daromadli qilish, tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash borasida tegishli topshiriqlar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram