Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
“TASHABBUSLI BYUDJET”NING IKKINCHI MAVSUMIDA FARG’ONA VILOYATIDA 192 TA LOYIHA G’OLIB BO’LDI
2024-09-07 16:41:46 1183
2024 yilning ikkinchi mavsumida “Tashabbusli byudjet” uchun ovoz berish jarayoniga Farg’ona viloyati bo’yicha jami 2483 ta loyiha ilgari surilgan edi. Ularning 2311 tasi tasdiqlangan. Tashabbuslarni qo’llab-quvvatlab, 1 042,5 mingta ovoz berilgan.
Ovoz berish jarayonlari yakunlariga ko’ra, viloyatdagi 167 ta mahallalarda jami 798,1 mingta ovozlar bilan 192 ta “Eng ko’p” ovoz to’plagan jami 250,26 mlrd. so’mlik loyihalar g’olib deb topildi.
Ilgari surilgan va g’olib bo’lgan loyihalarga e'tibor qaratadigan bo’lsak, umumta'lim maktablarini ta'mirlash va jihozlash bilan bog’liq tadbirlar eng ko’p g’olib bo’lgan - 54 ta loyiha. Keyingi o’rinda ichki yo’llarni ta'mirlash tadbirlari turibdi - 49 ta loyiha. Uchinchi o’rinda sog’liqni saqlash muassasalarini ta'mirlash va moddiy texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari – 39 ta loyiha. Qolgan barcha g’olib bo’lgan tashabbuslar 50 tani tashkil etadi.
Hududlar kesimida olib qaraganda, Farg’ona va Qo’qon shaharlarida 17 tadan loyiha, Marg’ilon shahrida 14 ta loyiha, Quva tumanida 12 ta loyiha, Bag’dod tumanida 11 ta loyiha, Beshariq, Buvayda, Oltiariq, Rishton, Uchko’prik, Farg’ona va O’zbekiston tumanlarida 10 tadan loyiha, Dang’ara va Toshloq tumanlarida 9 tadan loyiha, Qo’shtepa tumanida 8 ta loyiha, Furqat tumanida 7 ta loyiha, Quvasoy shahri, Yozyovon va So’x tumanlarida esa 6 tadan loyiha g’olib bo’lgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram