
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZOROV XITOYNING XINJIANG BAI YI DA CONSTRUCTION INVESTMENT CO.,LTD KOMPANIYASI VAKILLARINI QABUL QILDI.

2024-09-08 10:12:14 1168
Muloqot davomida viloyatimiz hududida Xitoy investitsiyasi hisobiga barpo etilishi rejalashtirilayotgan misdan elektr kabellari ishlab chiqarish zavodi tashkil etish loyihasi bilan bog’liq tashkiliy masalalar muhokama qilindi.
Dastlabki bosqichda 40 mln. dollarlik energetika sohasida yirik loyiha - mis kabellarini ishlab chiqarish ko’zda tutilgan. Loyiha natijasida yiliga 100 ming tonna mis qayta ishlanadi, ichki ehtiyoj qoplanadi, mahsulotlar eksporti yo’lga qo’yiladi. 500 ta yangi ish o’rni yaratilishi rejalashtirilgan.
Viloyat hokimi mazkur loyihani amalga oshirish uchun investorlarga zarur ko’mak berilishini qayd etib, “Qo’qon” texnoparkdan joy taklif qilinib, shu yerda amalga oshirish uchun kelishildi. Shuningdek, investorlar uchun berilayotgan imtiyozlar haqida ham tushunchalar berildi.
Viloyat hokimligi va Xitoyning Xinjiang Bai Yi Da Construction Investment Co.,Ltd kompaniyasi o’rtasida ushbu loyihani amalga oshirish uchun memorandum va yo’l xaritasi imzolandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram