Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 106 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


"ATLAS BAYRAMI" YUQORI SAVIYADA O‘TADI

×

 2024-09-08 18:03:46    1079

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan birgalikda joriy yilning 19-21-sentyabr kunlari Margʻilon shahrida boʻlib oʻtadigan “Atlas bayrami” VI xalqaro anʼanaviy toʻqimachilik festivaliga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi.

Xususan, Erkin Vohidov nomidagi Ijodkorlar bogʻida joylashgan amfiteatrda boʻlib,  festival taraddudi boʻyicha masʼullar bilan muloqot qildi. Hududni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, bayramona bezatish, ishtirokchilar hamda hunarmandlarga qulay sharoitlar yaratish, pavilyonlarni joylashtirish boʻyicha masʼullarga tegishli vazifa va topshiriqlar berildi.

Shuningdek, shahar tarixi muzeyining old maydonidagi holat tanqid qilinib, uni zudlik bilan bartaraf etish, koʻrkam va orasta holatga keltirish, tadbirni yuqori saviyada oʻtkazish borasida aniq koʻrsatmalar berildi.

Shaharning diqqatga sazovor joylari, tadbirlar oʻtkaziladigan obyektlar hamda markaziy koʻchalarni  obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish topshirildi.

Anʼanaviy tashkil etilayotgan mazkur festivalda 20 dan ziyod davlatdan yuzga yaqin xorijlik mehmonlar ishtirok etishi kutilmoqda.