
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
QUVA ISHSIZLIK VA KAMBAG’ALLIKDAN XOLI HUDUDGA AYLANADI
2024-09-10 09:28:15 973
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov kecha Quva tumanida bo’lib, mahallabay ishlash tizimi bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. “Qaqir” MFYdagi xonadonlarda aholi bilan muloqot qildi, mahalla yettiligiga oilalarni daromadli qilish, kambag’allikdan chiqarish bo’yicha tegishli ko’rsatmalar berildi.
Quva tumanini ishsizlik va kambag’allikdan xoli hududga aylantirish maqsadida 65 ta mahallalardagi 49 026 ta xonadonlar to’liq xatlovdan o’tkazildi, aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Aholining bandligini ta'minlash, tadbirkorlik yo’nalishida “yo’l xaritalari” ishlab chiqildi. Xususan, 3768 nafar ishsizlarning bandligi ta'minlanadi, shundan 803 nafari imtiyozli kredit,1602 nafari subsidiya olish, 221 nafari kasbga o’qitish orqali doimiy ish o’rniga ega bo’ladi. Imkoniyati cheklangan, ishlash istagida bo’lgan 572 nafar fuqarolarning bandligi ta'minlanyapti.
Har bir mahallaning drayveri aniqlanib, shu asosda amaliy ishlarga kirishildi. Shu bilan birga MFYlarda 87 ta kooperatsiyalar tashkil etilib, ularga 1837 ta xonadonlardan 2421 ta ishsiz fuqarolar biriktirildi. 1748 nafar fuqaro va tadbirkorlarning kredit olishlariga ko’maklashilyapti.
Viloyat hokimi Qaqir MFYda atirgulchilik, ko’chatchilik, issiqxona, tikuvchilik mahallaning drayveri bo’lishi kerakligiga e'tibor qaratib, har bir oilada mazkur yo’nalishlarni yo’lga qo’yish borasida tuman sektorlar rahbarlariga topshiriqlar berdi.
Mahalladagi 15 ta ehtiyojmand oilalarning xonadonida bo’lib, ularga amaliy ko’mak berish bo’yicha tegishli tadbirlar belgilandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram




